|
-§. O’zbekistonda axborotni himoyalash davlat tizimi
|
bet | 4/5 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 35,63 Kb. | | #157790 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI3-§. O’zbekistonda axborotni himoyalash davlat tizimi
Axborot – hokimiyat, demak, axborot davlat va jamiyat rivojlanishining muhim omilidir. Axborot asrida jamiyatni axborotsiz tasavvur etish qiyin. Taraqqiyot yo’lini tanlagan davlatlarda axborotlashish qanchalik muhim o’rin tutayotgani, hozirgi kunga kelib kuzatib borilmoqda. Bugun zamonaviy jamiyat qanchalik axborotlashsa, uning milliy manfaatlariga xizmat qiladigan axboroti shunchalik ustuvor darajada bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoniga O’zbekistonda ham katta ahamiyat berilmoqda. Shu bois, axborotlashtirish jarayonlarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh yo’nalishlaridan hisoblanadi. Chunki bu yo’nalish O’zbekistonni axborotlashgan jamiyatga aylantirishgagina emas, balki mamlakatni taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko’tarishga ham xizmat qiladi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi,
455
ta‘lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta‘minlashni ko’zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan1.
Xulosa
Xulosa qilib aytsak axborot sohasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash borasidagi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini huquqiy ta‘minlash, avvalo, axborot sohasida qonuniylikka rioya qilish hamda fuqarolar, jamiyat va davlatning bu sohadagi manfaatlari muvozanatini saqlash tamoyillariga asoslanishi lozim.
Qonuniylik tamoyiliga rioya qilish O’zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlaridan axborot sohasidagi nizolarni hal qilishda bu sohadagi munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlari va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga qat‘iy amal qilishni talab etadi.
Fuqarolar, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi manfaatlari muvozanatini saqlash tamoyiliga rioya qilish esa, jamiyat hayotining turli sohalarida bu manfaatlarning ustuvorligini
qonunan belgilash, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari faoliyatining jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi shakllaridan foydalanishni nazarda tutadi. Fuqarolarning axborot sohasidagi faoliyatga taalluqli konstitutsion huquq va erkinliklarini kafolatlash davlatning axborot xavfsizligi sohasidagi muhim vazifalaridan biridir.
|
| |