• Mavzu: Isrofning asosiy turlari . Bajardi: Zakirov X. Qabul qildi: Olmaliq - 2023 yil Isrofning asosiy turlari . Reja
  • Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi “ Konchilik korxonalarini elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fanidan




    Download 97.46 Kb.
    bet1/6
    Sana13.09.2023
    Hajmi97.46 Kb.
    #81544
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Isrofning asosiy turlari


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti Olmaliq filiali

    Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi


    Konchilik korxonalarini elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fanidan

    MUSTAQIL ISH



    Mavzu: Isrofning asosiy turlari.
    Bajardi: Zakirov X.
    Qabul qildi:

    Olmaliq - 2023 yil


    Isrofning asosiy turlari.


    Reja:
     I. Kirish
     II. Asosiy qism
    1. Elektr uzatish yo‘llarining energiya isrofi
    2. Transformatorlarning energiya va asinxron motorlarning quvvat isroflari
    3. Elektr energiya texnologik isroflari
    4. Elektr energiyani o‘lchash majmuasini isroflari
    III. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasida energetik yoqilg‘ilarning tejash istiqbolini aniqlovchi hujjatlarda, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosiy yo‘nalish sifatida aniqlangan. Bu barcha sohalarda kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish demakdir. Barcha raqamli kommunikatsion texnologiyalarning asosi bu mikroprotsessorlardir.
    O‘tgan asrning 70 - yillarida “Mikroelektrоnika” fanining tez rivojlanishi natijasida mikrosxemalar vujudga keldi. Mikrosxemalar juda kichik, kam hajmli tuzilma bo‘lib, uning asosiy vazifasi elektrik va noelektrik kattaliklar turtqi (impuls) ko‘rinishli elektr signalga aylantirishdir.
    Mikrosxemalar asosida har xil tuzilmalar yaratilib butun dunyoda, jamiyatning barcha sohalari: ishlab chiqarish, o‘lchash va nazorat qilish, uy-ro‘zg‘orda qo‘llanila boshlandi.
    Axborot-kommunikatsion texnologiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash negizi bo‘lib, albatta hayotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, turmushda bu ta’sir internet va uyali aloqa misolida yaqqol ko‘rinadi.
    Xuddi shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar barcha sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘llanadigan energiya nazorati va hisoblashni avtomatlashtirish tizimlari (ENHAT) paydo bo‘lishiga olib keladi.
    ENHAT suyuqlik, gaz va elektr energiya va hokazo, o‘lchov kattaliklarning uzluksiz, raqamli signal ko‘rinishida istalgan masofaga uzatish asosida uzluksiz nazoratni amalga oshiradi.
    Ushbu tizim tegishli EHM dasturi bilan ta’minlanganda, tijorat iste’mol va barcha istalgan kattaliklarni uzluksiz nazorat, shunigdek boshqarishni amalga oshiradi. Texnologik isrof (yo‘qotishlarni) va "odam omili" ta’siridagi isroflarni tamoman yo‘qotish imkonini beradi.
    Informasion-kommunikatsion texnologiyalar yoqilg‘i, gaz, elektr energiyasining iste’molini kamaytiradi va isroflarni me’yorlashtiradi demak, energiya tejash muammosini yechadi.
    Avtomatik nazorat va qaydlov tizimi bozor iqtisodiyotining eng kerakli asbobi bo‘lib xizmat qiladi, tomonlarning o‘zaro muammolarni oydinlashtiradi.
    Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, aynan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. Hayotning barcha sohalarida, masalan, turmushda uyali telefon, kompyuter, internet misolida yaqqol ko‘rinadi va bular insonning ongiga kuchli ta’sir etuvchi omilga aylangan.
    Shunga o‘xshash, ahamiyatli o‘zgarishlar hamma sohalarda yuz berishi iqtisodiyotning barcha modernizatsiyalangan sohalarida axborot-kommunikatsion texnologiyalari qo‘llanilyapti.


    Download 97.46 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 97.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi “ Konchilik korxonalarini elektr ta’minoti va elektrlashtirish” fanidan

    Download 97.46 Kb.