Ko`p ta`rifli uch fazali xisoblagichlar. Bir ta`rifli uch fazali xisoblagichlar




Download 22.3 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2024
Hajmi22.3 Kb.
#168746
  1   2
Bog'liq
KO`P TA`RIFLI UCH FAZALI XISOBLAGICHLAR. BIR TA`RIFLI UCH FAZALI XISOBLAGICHLAR
12 мавзу , Oqsillardagi barqarorlik va aylanish (Folding)(20)yangi, 1, Avtomobillar tuzilishi Taqvim, Abdujalolov Elyor, 3-amaliy ish mavzu TrueCrypt dasturi yordamida ma’lumotlarni sh, Xavfsiz-Wi-Fi-simsiz-tarmog‘ini-qurish, Avtomatika2 (1), Elektr qarshilik pechlari turlari (G’OYIBNAZAROV SHUKRULLO), Moylarning qovushqoqligi va ularni yeyilishga ta’siri, Transportda boshqarishning huquqiy asoslari, Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish, Transport huquqi nazariyasining umumiy masalalari, Журнал

KO`P TA`RIFLI UCH FAZALI XISOBLAGICHLAR. BIR TA`RIFLI UCH FAZALI XISOBLAGICHLAR

Yechilishi zarur bo‘lgan navbatdagi masala energiya ob’ektlarigaelektr energiyasi va quvvat me’yorida ishlash talablariga javob beradigan elektr energiyani tijorat asosida hisobga olish avtomatlashtirilgan axborot­o‘lchov tizimining (ENHAT AAO‘T) joriy etish hisoblanadi. ENHAT dan farqli ENHAT AAO‘T nafaqat hisobga olish, balki ko‘p funksiyali hisooblanadi. ENHAT da taqqoslaganda ENHAT AAO‘T ning avzalliklarini ajratamiz.


Generatsiyalovchi korxonalar uchun:

  • elektr energiyasi va quvvat bozori erkin savdo sektorida elektr energiyani sotish;

  • elektr energiyani ishlab chiqarish hajmini one-line rejimida nazorat qilish;

  • tijorat yo‘qotishlarini kamaytirish;

  • elektr energiyani ishlabchiqarilishi haqida axborotlarni operativ olish;

  • elektr energiyani ishlabchiqarilishini tahlil qilish va taxmin qilish;

  • qarzdorlar quvvatlarini cheklash.

Tarmoq kompaniyalari uchun:

  • elektr energiyaga to‘lovni nazorat qilish;

  • elektr energiyani tashish bo‘yicha to‘lovlarni nazoratt qilish;

  • tijorat va texnik yo‘qotishlarni kamaytirish;

  • elektr energiya qayta oqimlari haqida axborotlarni operativ olish;

  • tarmoqlar ishlash ishonchliligini tahlil qilish va taxmin qilish.

Tarqatish kompaniyalari uchun:

    • elektr energiya ulgurji va chakana bozorlarida qatnashish;

    • elektr energiya sotuvlari hajmini nazorat qilish;

    • tijorat yo‘qotishlarni kamaytirish;

    • elektr energiyani olish-sotishni tahlil qilish va taxmin qilish;

    • qarzdorlar quvvatlarini cheklash.

Ishlab chiqarish korxonalari uchun:

    • elektr energiya va quvvat bozori erkin ulgurji savdo sektorida elektr energiyani sotib olish;

    • tijorat yo‘qotishlarni kamaytirish;

    • elektr energiyani sotib olinishi haqida axborotlarni operativ olish;

    • elektr energiya ist’emolini tahlil qilish va taxmin qilish;

    • elektr energiyadan ratsional foydalanish;

Bunday tizimlarni qurish tuzilmasi quyidagilardan iborat:

    • tok va kuchlanish transformatorlari (aniqlik sinfi 0,5 dan kam emas);

    • raqamli interfeysli ko‘p funksiyali mikroprotsessorli elektr energiya hisoblagichlari (aniqlik sinfi 0,5 dan kam emas);

    • zamonaviy ishlab chiqarish kkontrollerlari asosidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi (MYTQ);

    • o‘lchov-hisoblash komplekslari (tijorat axborotlarini yig‘ish markazi).

ENHAT AAO‘Tni joriy etishda elektr energiyasi va quvvat ulgurji bozorida tizimning asosiy vazifasi bu elektr energiya ulgurji bozorida moliyaviy hisoblashlarda ishlatiladigan hisobga olish ko‘rsatkichlarining qiymatlarini aniqlashga imkon beradigan elektr energiyasi miqdorini o‘lchash hisoblanadi. Tizim elektr energiya ist’emoli bo‘yicha hisobotlar shakllarini va hujjatlarini shakllantirish, serverdagi ma’lumotlar omborida axborotlarni saqlash va hisobotlar ma’lumotlarini energiya ta’minoti korxonasiga uzatishni ta’minlaydi. ENHAT AAO‘T, shuningdek, ko‘p funksiyali elektron hisoblagichlardan o‘qiladigan elektr energiya sifati parametrlarini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
ENHAT AAO‘T bu o‘lchash nuqtalari o‘lchov-axborot majmualari, elektr uskunalar axborot-hisoblash komplekslari, o‘lchashlar ob’ektlari va vositalari haqida axborotlarni, o‘lchashlar natijalarini yig‘ish, ishlov berish va saqlashni o‘tkazish vazifalarini bajaradigan axborot-hisoblash komplekslari va yagona vaqtni ta’minlash tizimi majmuini funksional birlashtiradigan, shuningdek, olingan axborotlarni avtomatlashtirilgan rejimda elektr energiyasi ulgurji bozoridagi tijorat asosidahisobga olishni boshqarish integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimiga uzatadigan ierarxik tizim hisoblanadi.
ENHAT AAO‘T elementlari quyidagilar hisoblanadi:

  • elektr uskunalar axborot-hisoblash komplekslari (EUAHK) – bir elektr uskuna chegaralarida o‘lchashlar ob’ektlari va vositalari holatlarini tahlil qilish masalalarini, shuningdek, bu axborotlarga ruxsat etish interfeyslarini ta’minlashni yechish uchun mo‘ljallangan dasturiy, axborot va texnik vositalarning funksional birlashtirilgan majmui hisoblanadi. EUAHK ENHAT AAO‘T elementlarining tarqalgan tuzilmasida qo‘llaniladi;

  • axborot-hisoblash komplekslari (AHK) – EUAHK va elektr energiya ulgurji bozori sub’ekti axborot-hisoblash kompleksidan (AHK) keladigan o‘lchashlar ob’ektlari va vositalari holatlarini tahlil qilish masalalarini, ularni yiriklashtirish, shuningdek, bu axborotlarga ruxsat etish interfeyslarini ta’minlashni yechish uchun mo‘ljallangan dasturiy, axborot va texnik vositalarning funksional birlashtirilgan majmui hisoblanadi;

  • hisobga olish nuqtalari o‘lchov-axborot kompleksi (HON O‘AK) – o‘lchanadigan fizik kattaliklar haqida miqdoriy axborotlardan iborat signallar shakllantiriladigan va ketma-ket o‘zgartiriladigan bu nuqta bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish dasturiy-texnik vositalarining funksional birlashtirilgan majmui hisoblanadi. Hisobga olish nuqtalari o‘lchov-axborot majmuio‘lchashlarning tugallangan funksiyasini bajaradi va me’yorlashirilgan metrologik xarakteristikalarga ega.

ENHAT AAO‘T ning ishonchli ishlashini quyidagi texnik vositalar ta’minlaydi:

  • o‘lchov tok va kuchlanish transformatorlari;

  • tok va kuchlanish transformatorlaridan hisoblagichlargacha ikkilamchi zanjirlar;

  • telemetrik yoki raqamli chiqish interfeysili elektr energiyasi hisoblagichlari;

  • hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasigacha aloqa kanali;

  • sanoat kontrolleri yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi;

  • ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi, axborot-hisoblash kompleksi axborot-hisoblash kompleksi (AHK) va axborotlarni yig‘ish markazi (AYM) orasida kanal hosil qiluvchi qurilma;

  • axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va saqlash serveri;

  • aniq vaqt va sinxronizatsiya signallarini qabul qilish qurilmasi;

  • avtomatlashtirilgan ish joylari;

  • ENHAT AAO‘T yig‘ish markazidan axborotlarni yuqori turuvchi tashkilotlarga tarqatish uchun qurilmalar;

  • Elektr energiyasi hisoblagichlar, kontrollerlar yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmalarini parametrlashtirish uchun dasturiy ta’minot va yig‘ish markazi maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minoti;

  • elektr energiyasi hisoblagichlarni parametrlashtirish va tahlil qilish uchun maxsuslashtirilgan dasturlar va ulanish kabellari komplektili personal kompyuter.

ENHAT AAO‘T ni joriy etish quyidagi ketma-ketlikda bajarilishi kerak:

  • elektr energiyasini olish-sotish nuqtasida zamonaviy asboblarni montaj qilish;

  • elektr energiyasini hisobga olish ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish, uzatish uchun ENHAT AAO‘T dasturiy-apparatli kompleksini ishlab chiqish va o‘rnatish;

  • aloqa kanallarini qurish;

  • elektr energiyasi ishlatilishining aniq hajmlarini hisoblashni o‘tkazish.

Mustaqil ishlaydigan o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari ENHAT AAO‘T larini elektr energiyasini ishlab chiqarish va foydalanishda yagona operativ axborot-hisoblash tarmog‘iga birlashtirish tuzilmaviy tashkil etuvchilarni yaratish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (8.1-rasm).
Yuqori (markaziy) pog‘ona – “O‘zbekenergo” pog‘onasi bo‘lib, u milliy dispetcherlik markazini (MDM), “Energosotish” FF va elektr energiyasini taqsimlash koordinatori “O‘zelektrtarmoq” UK (“Energo ABT sozlash” va “O‘zenergoaloqa” FF ni qo‘shganda), tijorat asosida hisobga olish texnik operatorini (“O‘zenergosozlash”) o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston energetika tizimining hududiy bo‘limlari pog‘onasi – “O‘zelektrtarmoq” UK bo‘limi, masshtabli elektr tarmoqlar (MET).
Taqsimlash sub’ektlari darajasi (lokal) – magistral tarmoqlar viloyatlar bo‘limlari va elektr stansiyalar, elektr energiyaning yirik iste’molchilari. Barcha darajalar tizimlari orasida o‘rnatilgan davriylikda, ya’ni o‘zaro ta’sirlashish qoidalari orqali o‘rnatilgan integratsiyalangan davrda aloqa kanallari bo‘yicha axborotlarni doimiy almashtirish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘zaro ta’sirlashish sub’ekti ENHAT AAO‘Tni mustaqil, lekin muvofiqlashtirilgan texnik topshiriq, elektr energiyasini tijorat asosidahisobga olish tizimiga me’yoriy hujjatlar talablar asosida yaratadi. Har bir o‘zaro ta’sirlashish sub’ekti elektr energiyasini barcha olish-sotish nuqtalari bo‘yicha o‘z balansini shakllantiradi (elektr energiyasini olish-sotishga shartnomaga muvofiq), uni qo‘shni (hududiy belgisi bo‘yicha) o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari bilan muvofiqlashtiradi (elektr energiyasini yetkazib berish umumiy nuqtalari chegaralarida) va hisobot axborotlarini keyingi hisoblashlarni o‘tkazish uchun bosh operatorga uzatadi.

Download 22.3 Kb.
  1   2




Download 22.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko`p ta`rifli uch fazali xisoblagichlar. Bir ta`rifli uch fazali xisoblagichlar

Download 22.3 Kb.