|
-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mohiyati va uning xususiyatlari
|
bet | 2/5 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 35,63 Kb. | | #157790 |
Bog'liq AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI1-§. Axborot xavfsizligini ta‘minlash mohiyati va uning xususiyatlari
Bugun tez sur‘atlar bilan o’zgarib borayotgan va o’tgan davrlarga nisbatan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda o’ta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu tezkor davrni «ommaviy axborotlashuv» yoxud «globallashuv asri» deb atashmoqda. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Bu esa shubhasiz matbuot va ommaviy axborot vositalarining o’rni va roli nechog’li oshib borayotganidan dalolat beradi. Shu jihatdan aytganda, har qanday matbuot jamiyatda yuz berayotgan voqea hodisalar, o’zgarishlar, yangilanishlarni to’laligicha, xolis va haqqoniy aks ettirmog’i kerak.
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‘lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy olmagan. Asrlar davomida bu san‘at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya‘ni axborot o’z qiymatiga ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari, uni o’g’irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug’iladi.
Bugungi globallashuv jarayoni kimki axborotga egalik qilsa, o’sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan fikr bejizga aytilmaganligini tasdiqladi. Darhaqiqat, hozir dunyoning bir qancha davlatlarida yadro quroli ishlab chiqarish bo’yicha harakatlar davom etayotgan bo’lsa, bir qator mamlakatlarda esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borilmoqda. Ayniqsa, ma‘naviy tahdid va yoshlar ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari kun sayin avj olmoqda. Ba‘zi bir g’arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va uslublardan foydalanib kelinmoqda. Axborot xurujlarining yolg’on axborot tarqatish, ijtimoiy ongni manipulatsiya qilish, milliy-ma‘naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga
olgani sari odamlarning axborot olish, tarqatish va qabul qilishga bo’lgan talab va ehtiyojlari tobora ortib bormoqda.
XXI asr – axborotlashgan jamiyat asridir. Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko’p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo’lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo’lgan jamiyatga aytiladi. Axborotlashgan jamiyatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi va ularning kishilar faoliyati turli sohalari rivojlanishiga ta‘sirining kuchayishi;
axborot yig’ish, qayta ishlash, saqlash uzatish va unga kirish huquqiga ega bo’lish imkoniyatining sezilarli darajada ortishi;
jamiyatda markazlashmagan jarayonlarning chuqurlashuvi;
axborot industriyasida band bo’lganlar sonining ortishi hisobiga bandlikning zamonaviy shakllariga o’tish va yangi mehnat resurslarini shakllantirish;
kishilarning samarali axborot almashinuvi, ularning jahon axborot resurslariga kirishlarini ta‘minlovchi, axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradigan global axborotlashgan maydonni yaratishdir.
O’zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida‖gi Qonuniga muvofiq, axborot xavfsizligi deganda axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanishi tushuniladi. Axborot xavfsizligi masalasi huquq va manfaatlari himoya qilinishi lozim bo’lgan subyektlarga ham, bunday himoyani ta‘minlaydigan subyektlarga ham birday taalluqlidir.
Bular jumlasiga, axborot ishlab chiqaradigan va iste‘mol qiladigan davlat hokimiyati, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar; axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarini ishlab chiqadigan, qo’llaydigan davlat hokimiyati hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, axborot resurslarini yuzaga keltiradigan va ulardan iste‘molchilarga axborot taqdim etadigan tashkilotlar, korxonalar, muassasalar,
axborot xavfsizligini ta‘minlaydigan davlat tuzilmalari va mansabdor shaxslar kiradi.
Axborotni yaratish (ishlab chiqarish) sohasida, birinchi navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: intellektual mulk obyekti bo’lgan axborot; intellektual va buyum ko’rinishidagi mulk obyekti bo’lgan axborot. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlash vositalarining yaratilish hamda qo’llanish sohasida, avvalo, axborot xavfsizligi borasida tug’iladigan talablardan kelib chiqib, barcha texnik, tashkiliy, huquqiy va dasturiy himoya vositalari ishlab chiqilishi lozim. Bunda, birinchi navbatda, quyidagilar himoya qilinishi zarur: axborotli, masalan, elektron raqamli imzo vositalari mashina yetkazuvchilari; avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va ularning tarmoqlari tarkibidagi ma‘lumot (bilim) bazalari; EHM va ularning tarmoqlari tarkibidagi dasturiy vositalar.
O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi davlatning doimiy diqqat-e‘tiborida. Axborot xavfsizligini huquqiy ta‘minlash bo’yicha milliy huquqiy normativ asosni rivojlantirish va takomillashtirish to’g’risida farmon, qaror hamda qonunlar qabul qilingan. Ushbu huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy yo’nalishlarini o’zida mujassam etgan. Bu O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlashda davlat siyosatini shakllantirish, axborot xavfsizligini huquqiy, metodik, ilmiy-texnik va tashkiliy jihatdan takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, axborot xavfsizligining maqsadli dasturlarini ishlab chiqish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Respublikamizning milliy xavfsizligi axborot xavfsizligining ta‘minlanishiga bog’liq bo’lib, texnik taraqqiyotning o’sishi bilan
mazkur sohadagi manfaatlarini ta‘minlashdan, demokratiyani mustahkamlash, huquqiy davlatni barpo etish, O’zbekistonda kechayotgan yangilanish jarayonlarida hamjihatlikka erishish va uni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Davlatning axborot sohasidagi manfaatlari O’zbekistonda axborot infratuzilmasining uyg’un rivojlanishi, fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligining daxlsizligini ta‘minlash maqsadida axborot olish va undan foydalanish borasidagi konstitutsion huquq hamda
ta‘minlash, shu bilan birga, axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
Axborot xavfsizligi deb, axborotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun‘iy xossali tasodifiy va kutilmagan ta‘sirlardan hamda ushbu axborotni saqlovchi, uzatuvchi uskuna va tizimlarni himoyalanganligiga aytiladi. Boshqacha aytganda, axborot xavfsizligini ta‘minlovchi va boshqaruvchi texnologiyalar to’plami, standartlar va boshqaruv usullari bo’lib hisoblanadi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma‘lumotlari to’plami, elektron ma‘lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta‘minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‘minlovchi qat‘iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotlarga nisbatan xavf-xatarlar tasnifi xavfsizlik siyosatining eng asosiy vazifalaridan biri himoya tizimida potensial xavfli joylarni qidirib topish va ularni bartaraf etish hisoblanadi. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tarmoqdagi eng katta xavflar — bu ruxsatsiz kirishga mo’ljallangan maxsus dasturlar, kompyuter viruslari va dasturning ichiga joylashtirilgan maxsus kodlar bo’lib, ular kompyuter tarmoqlarining barcha obyektlari uchun katta xavf tug’diradi.
O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash masalasi mamlakat milliy xavfsizligini ta‘minlashning muhim qismidir. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligiga tahdid sifatida qaraladi:
fuqarolarning ma‘naviy turmushiga, axborot sohasidagi konstitutsion huquq va erkinliklariga, individual, jamoaviy,
ijtimoiy ongga hamda O’zbekistonning ma‘naviy tiklanishiga tahdidlar;
O’zbekiston Respublikasining axborot ta‘minotiga oid davlat siyosatiga tahdidlar;
respublika axborot sanoati, jumladan, axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari sanoatining rivojlanishi, ichki bozorning ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabining qondirilishi hamda ularning jahon bozoriga chiqishi, shuningdek, respublikada axborot resurslarining to’planishi, saqlanishi va ulardan samarali foydalanilishiga bo’lgan tahdidlar;
O’zbekiston Respublikasi hududida yaratilgan axborot
soxtalashtirilishlarning oldini olish;
shaxs, jamiyat, davlat
xavfsizligiga bo’lgan xavf-xatarning oldini olish;
axborotni nusxa ko’chirish, to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta‘minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning ko’rinishlarining oldini olish;
axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma‘lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;
davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan
axborotning konfidensialligini saqlash;
axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‘minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda subyektlarning huquqlarini ta‘minlash.
O’zbekiston Respublikasi axborot xavfsizligini ta‘minlashning umumiy usullari huquqiy, tashkiliy-texnik va iqtisodiy guruhga bo’linadi.
Respublika axborot xavfsizligini ta‘minlashning huquqiy usullari jumlasiga axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan normativ huquqiy hujjatlarni hamda O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash masalalariga doir normativ metodik hujjatlarni ishlab chiqishni kiritish mumkin.
Ushbu faoliyatning muhim yo’nalishlari quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini
ta‘minlash tizimini yaratish va takomillashtirish, respublika qonunchiligidagi ichki ziddiyatlarni, O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro bitimlar bilan bog’liq ziddiyatlarni bartaraf etish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta‘minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan respublika qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish;
O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini
tarqatganlik, maxfiy axborotni noqonuniy oshkor etganlik, xizmat axboroti yoki tijorat siri bo’lgan axborotdan jinoiy va g’arazli
446
maqsadlarda foydalanganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini belgilaydigan O’zbekiston Respublikasining normativ huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
chet el axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning, shuningdek, O’zbekiston axborot infratuzilmasini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinganida investorlarning maqomini aniqlashtirish;
milliy aloqa tarmoqlarini rivojlantirish hamda kosmik aloqa yo’ldoshlarini respublikada ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning ustuvorligini qonunan belgilab qo’yish;
O’zbekiston Respublikasi hududida dunyo miqyosidagi axborot va telekommunikatsiya tizimlari xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlarning maqomini belgilash hamda ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish;
O’zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligini
ta‘minlash mintaqaviy tuzilmalarini tashkil etish uchun huquqiy asosni yaratish.
ta‘minlash tizimini yaratish va takomillashtirish;
O’zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarining axborot sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo’yish, bu sohada jinoyat va boshqa qonunbuzarliklar sodir etgan shaxslarni fosh qilish, javobgarlikka tortishga qaratilgan faoliyatini kuchaytirish;
axborotni himoya qilish vositalari hamda vositalarning samarali ishlashini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish, qo’llash va takomillashtirish, himoyalangan telekommunikatsiya
tizimlarini rivojlantirish, maxsus dasturiy vositalarning ishonchlilik darajasini oshirish;
qayta ishlanayotgan axborotning buzilishi va yo’q bo’lishi, shuningdek, axborotlashtirish va aloqa, tizim va vositalarining belgilangan ish tartibining o’zgarishiga olib keladigan maxsus ta‘sirlarning oldini olish tizimi hamda vositalarini yaratish;
axborot va telekommunikatsiya tizimlarining bir maromda ishlashiga xavf soladigan texnik moslama va dasturlarni aniqlash, texnik kanallarda axborotning noqonuniy o’zlashtirilishiga yo’l qo’ymaslik, axborotni saqlash, qayta ishlash va aloqa kanallari orqali uzatishda kriptografik himoya vositalaridan foydalanish, axborotni himoyalash borasidagi maxsus talablarning bajarilishini nazorat qilish;
axborotni himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirish, davlat sirini himoya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, axborotni himoya qilish usullari va vositalarini standartlashtirish;
telekommunikatsiya uskunalari va avtomatlashtirilgan axborotga ishlov berish tizimlarining dasturiy vositalarini sertifikatlashtirish tizimini axborot xavfsizligi talablariga ko’ra takomillashtirish;
himoyalangan axborot tizimlarida ishlaydigan
xodimlarning harakatlarini nazorat qilish, axborot xavfsizligini
ta‘minlash sohasiga kadrlarni tayyorlash;
huquqiy va tashkiliy-texnik usullarini amalga oshirish bilan bog’liq ishlarni moddiy ta‘minlash tizimini takomillashtirish; jismoniy va yuridik shaxslarning axborot bilan bog’liq tavakkal harakatlarini sug’urta qilish tizimini yaratish kiradi.
O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligini ta‘minlash borasidagi davlat siyosati quyidagi to’rt tamoyil asosiga qurilgan:
axborot xavfsizligini ta‘minlash borasidagi faoliyatni amalga oshirishda Konstitutsiya, qonun hujjatlari hamda xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan tamoyil va normalariga amal qilish;
davlat hokimiyati organlari va jamoat uyushmalarining funksiyalarini amalga oshirishda oshkoralikni ta‘minlash;
axborot sohasidagi o’zaro hamkorlik jarayonlari barcha ishtirokchilarining, qanday siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy maqomga ega bo’lishidan qat‘i nazar, fuqarolarning axborotni qonuniy tarzda erkin qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish va tarqatish borasidagi konstitutsion huquqiga asoslangan huquqiy tengligini ta‘minlash;
respublikada zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, milliy telekommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va ularni dunyo miqyosidagi axborot tizimlariga ulash imkonini beradigan texnik va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish.
|
| |