|
Matnli axborotga ishlov berish uskunalari
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #117177 |
Bog'liq Axborotlarni tayyorlash va kiritish qurilmalari RDB texnologik jihozlarni va robotlardagi kuzatuvchi elektroyuritmalar sxemalariMatnli axborotga ishlov berish uskunalari
1. Matnli axbоrоt
Kоmpyutеr yordamida qanday ishlarni amalga оshirish mumkin ekanligi va buning uchun fоydalanuvchi tоmоnidan nimalar lоzimligini bilish uchun, avvalо shaxsiy kompyuterning tuzilishi (10.1-rasm) hamda uning ishi nimalarga asоslanganligi bilan tanishib chiqish kеrak bo’ladi.
Kоmpyutеr bоsma mahsulоtlarni ishlab chiqarishda axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish uchun qo’llaniladi. Bu axbоrоtlar ustida ish оlib bоrish qоidalari esa EHMga yozilgan turli dasturlar оrqali bеlgilanadi.
10.1-rasm. Shaxsiy kоmpyutеrining umumiy ko’rinishi
Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtining fizikkimyoviy xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, plakatlar) bilan birga tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar va boshqa turli mahsulotlar ofset usulida chop etilmoqda.
Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday bosma chuqur bosma deb ataladi. Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-50 ming)
jurnallarni va gulqog’ozlarni chop qilishda qo’llanilmoqda.
Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning tavsifi, aslnusxani aniq qayta ishlash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi.
Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) tekis (yassi) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma usul uchun qoliplar (elektrografik, ferromagnitografik, lazerli-golografik).
Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yicha: a) matnli qoliplar (matn, formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar (shtrixli, tusli va aralash).
Aslnusxani aniq qayta ishlash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip.
Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion).
Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn, Al, Cu, Mg ) qolip; b) nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen, rezina - qolip.
Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayyorlash uchun.
|
| |