• 1. Axborotlashgan jamiyat
  • Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari reja




    Download 52.21 Kb.
    bet1/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi52.21 Kb.
    #100389
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4.Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari
    88 (549), Raqamli qurilmalarni loyilashga kirish 1-labarotoriya, 88 (4), 88 (52), Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari, 1-4 TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODLARINI ISHLAB CHIQISH (1), LMS coursera, lectora (wecompress.com), 1-мавзу 2, gorniy yuz mustaqil ishi yangi 2023 12 (2), 1 (2), 1 kurs iwi xusinova olyajon, 2-Amaliy mashg`ulot, 1- amaliy ish Fotogrametriya Mattiyeva U., “Sotsial xatti-harakat instinkti” nazariyasi.

    Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari


    REJA:

    1. Axborotlashgan jamiyat

    2. Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari

    3. Axborot soҳasidagi keskin o’zgarishlar

    4. Xulosa
    5. Foydalanilgan adabiyotlar


    1. Axborotlashgan jamiyat
    Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmoqda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) hamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mehnat vositalarini esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mehnat vositalari hamda aqliy mehnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning mahsuloti abstrakt ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda.
    Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan o’zgarishlar AMIChning paydo bo’lishi va uning ahamiyatining oshib borishi bilan bog’liqdir. Binobarin, UIChning unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMIChni avtomatlashtirish bilan bog’liq deb qaralishi zarur. Shu bois mehnat unumdorligi ko’p jihatdan informatikaga bog’liqdir.
    Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari hayolga xam keltirib bo’lmaydigan hajm va tezkorlikda yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya'ni, avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma'naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan xam behad kengaymoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
    Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim.
    Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu hol aqliy mexnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
    Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
    Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
    Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
    Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta ko’rishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
    Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.
    Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.



    Download 52.21 Kb.
      1   2   3   4




    Download 52.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlashgan jamiyat va uning istiqbollari reja

    Download 52.21 Kb.