Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati




Download 6.62 Mb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi6.62 Mb.
#51004
1   2   3
Bog'liq
SHVETSARIYA DAVLAT TA’LIM TIZIMI.
11-sinf-informatika-va-at, ..., Mavzu detrminant, Ergashev Javohirbek Raxmonjon o‘g’li, Kampyuter Qurilmalari, ДЗ 1 кл на зимние каникулы (1), Скотный двор, STEAM, 33333333333, 2 5280799166744768132.docx111, Liniya va transformatorlarda quvvat isrofi, Murakab berk zanjirli elektr tarmoqlarini kontur toklari va tugun kuchlanishlari usulida hisoblash., Ikki tarafdan ta’minlanadigan liniyalarni hisoblash., 71-75 variant


Bu yerdagi bilim maskanlarida o‘g‘il-qizlarning yay­rab o‘qishi uchun barcha sharoit muhayyo. Maktablarda eng zamonaviy jihozlar, sport anjomlarini ko‘rasiz. O‘quvchilar qishda xokkey, snoubord, tog‘ chang‘i sport turlari, yozda esa tog‘larda yurish, kemada suzish, ot minish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, darslardan tashqari vaqtini maroqli o‘tkazadi. Boshlang‘ich va o‘rta maktablar turli kichik ma’muriy bo‘linmalarga bo‘ysungani bois, barcha maktablar uchun yagona majburiy dastur mavjud emas.

  • 26 ta bo‘linmaning har biri maktablarda o‘quvchilarni o‘z o‘quv rejasi asosida o‘qitadi. Matura deb nomlanuvchi Shveytsariya federal dasturi esa ayrim tanlangan maktablargagina tavsiya etiladi. Xorijliklarning aksariyati farzandlari­ni Shveytsariyadagi xususiy maktablarda o‘qitadi. Ammo hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan davlat maktablari ham ta’lim sifati borasida xususiy maktablardan qolishmaydi. Shunchaki, davlat maktablari hududida bolalarning yashab o‘qishi uchun yotoqxonalar yo‘q. Shu bois, ularda xorijliklar, asosan, mamlakatda uzoq vaqt yashovchi diplomatlar, xalqaro tashkilotlar a’zolarining farzandlari tahsil oladi.


Ammo yashab-o‘qishga mo‘ljallangan xususiy maktab-pansionlarda o‘quvchilar uchun yotoqxonalar mavjud. Shveytsariyada 260 ta xususiy maktab bo‘lib, ular mamlakatning noyob “mahsuloti” hisoblanadi. Bu maktablar o‘zining sifatli ta’limi, yuqori darajadagi qulayligi, xavfsizligi, mashhurligi, va albatta, o‘qish pulining nihoyatda qimmatligi bilan nom chiqargan. Bu yerda oddiy oilalarning farzandlarini deyarli uchratmaysiz. Asosan Shveytsariya va fransuz bankirlari, arab shayxlari, Amerika diplomat va yirik biznesmenlari­ning farzandlari o‘qiydi. Shveytsariyadagi birinchi xususiy maktabga XIX asrda Iogann Pestalossi, Mariya Montessori va Rudolf Shtayner kabi mashhur pedagoglarning g‘oyalari ta’sirida asos solingan
  • Hozirgacha maktablarda ular taklif etgan o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Xususiy maktablar ilk davrlardayoq xalq tiliga tushgan bo‘lsa-da, I jahon urushidan keyingina xalqaro darajadagi mashhurlikka erishdi. O‘sha kezlari mamlakatda betaraflik tamoyili amal qilgani bois, bu yerga boshqa millat vakillari ko‘chib kela boshladi. Natijada maktablarda turli tillarda o‘qitish tizimi paydo bo‘ldi. Bugun Shveytsariyadagi xususiy maktablarning aksariyati o‘zining katta hududiga ega bo‘lib, unda o‘quv binosi va yashash uchun qarorgohdan tashqari, sport maydonlari, usti yopiq sport komplekslari hamda boshqa ko‘ngilochar maskanlar yaratilgan.
  • Bu yerda bolalar darslardan so‘ng ilmiy laboratoriyalarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishi, bo‘sh vaqtida musiqa chalib, qo‘shiq aytishi, dramatik san’at turlari bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. Mamlakatda ayniqsa, sportga katta e’tibor qaratiladi. Har bir maktabda futbol, regbi, kriket, tennis, chim ustida xokkey sport turlari uchun maxsus maydonlar ajratilgan. 
  • Shuningdek, bolalar bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazishi uchun maktablar tomonidan Italiya va Fransiyaga bepul ekskursiyalar ham tashkil etiladi. Xususiy maktablarning aksariyati tog‘ yonbag‘irlarida joylashgani bois, bir qarashda sihatgohni eslatadi. Aslida, har bir bolaga bo‘lgan alohida e’tibor hamda o‘quvchilarga beriladigan 5 mahal ovqat hech bir sanatoriynikidan qolishmaydi. 

Download 6.62 Mb.
1   2   3




Download 6.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati

Download 6.62 Mb.