Ma’ruza. Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana20.12.2023
Hajmi1,18 Mb.
#124517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
Muxammadaliyev Oyatillo Tezis, Yil ayoli ma\'lumot
5. Ma’ruza. Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya. 
Tarmoqlararo ekran texnologiyasi. 
Kompyuter tizimida ro’yxatga olingan har bir sub’ekt (foydalanuvchi yoki 
foydalanuvchi 
nomidan 
harakatlanuvchi 
jarayon) 
bilan 
uni 
bir 
ma’noda 
indentifikatsiyalovchi axborot bog’liq. 
Bu ushbu sub’ektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo’lishi mumkin. Bu 
axborot sub’ekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro’yxatga 
olingan indentifikatorga ega bo’lsa u legal (qonuniy), aks holda legal bo’lmagan 
(noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval 
foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan 
o’tishi lozim. 
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) 
bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida 
birinchi galda bajariladigan funktsiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha 
o’zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning 
borligini tekshiradi. 
Autentifikatsiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon 
yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi 
(jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi ekanligiga ishonch xosil qilishiga imkon 
beradi. Autentifikatsiya o’tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy 
ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot 
almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o’z xususidagi 
noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) 
kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentifikatsiya sub’ektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy 
ekanligini aniqlash va tekshirishning o’zaro bog’langan jarayonidir. Muayyan 
foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati 
aynan shularga bog’liq. Sub’ektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so’ng 
uni avtorizatsiyalash boshlanadi. 
Avtorizatsiya (Authorization) — subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslarni 
berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya sub’ekt harakati doirasini va u foydalanadigan 
resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan 
shaxsdan ishonchli ajrata olmasa bu tizimda axborotning konfidentsialligi va yaxlitligi 
buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi 
harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog’langan. 
Ma’murlash (Accounting) — foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu
jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot 
axboroti xavfsizlik nuqtai nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik xodisalarini oshkor qilish, 
taxlillash va ularga mos reaktsiya ko’rsatish uchun juda muhimdir.
Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda sub’ektlarning o’zaro 
autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining 
o’zaro tasdig’i bajarilishi shart. Xaqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, 
abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. ―Ulash‖ atamasi orqali 


- 31 - 
tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu 
muolajaning maqsadi — ulash qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha 
axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir. 
O’zining xaqiqiyligining tasdiqlash uchun sub’ekt tizimga turli asoslarni 
ko’rsatishi mumkin. Sub’ekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda autentifikatsiya 
jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin:
- biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi 
PIN (Personal Identification Number) hamda ―so’rov javob‖ xilidagi 
protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlarni ko’rsatish 
mumkin;
- biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart-kartalar, 
sertifikatlar va touch memory qurilmalari; 
- qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu kategoriya o’z tarkibiga 
foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko’zining rangdor 
pardasi va to’r pardasi, barmoq izlari, kaft geometriyasi va x.) asoslangan 
usullarni oladi. Bu kategoriyada kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. 
Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni 
nazoratlashda ishlatiladi.
Parol — foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan 
narsa. O’zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi o’rtasida parol 
almashinishi mumkin. Plastik karta va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy 
identifikatsiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN — kodning mahfiy qiymati 
faqat karta egasiga ma’lum bo’lishi shart.
Dinamik — (bir martalik) parol - bir marta ishlatilganidan so’ng boshqa umuman 
ishlatilmaydigan parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboroga 
asoslanuvchi muntazam o’zgarib turuvchi qiymat ishlatiladi. 
―So’rov-javob‖ tizimi - taraflarning biri noyob va oldindan bilib bo’lmaydigan 
―so’rov‖ qiymatini ikkinchi tarafga jo’natish orqali autentifikatsiyani boshlab beradi, 
ikkinchi taraf esa so’rov va sir yordamida hisoblangan javobni jo’natadi. Ikkala tarafga 
bitta sir ma’lum bo’lgani sababli, birinchi taraf ikkinchi taraf javobini to’g’riligini 
tekshirishi mumkin.


- 32 - 

Download 1,18 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ma’ruza. Axborot xavfsizligida identifikatsiya va autentifikatsiya

Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish