Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari




Download 1,05 Mb.
bet2/6
Sana03.01.2024
Hajmi1,05 Mb.
#129786
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2- variant Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari

Kodlashtirish uchun teztez ishlatiladigan iboralar to‘plamini uz ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z tugri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab kilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga moe talablar — qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, koddarning yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.

Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash uz ichiga — boshlangich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborotkommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida ximoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytirish mumkin. Endi himoyalash ob’ektisifatida faqat kalit xizmat kiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologaya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «1ogus» — xabar ma’nosini bildiruvchi suzlardan iborat.

Kriptologiya ikki yunalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat. Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat. Kriptotaxlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan borat. Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); • asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli). Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin? 2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini xisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.


Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari

Download 1,05 Mb.