|
Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari
|
bet | 3/6 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #129786 |
Bog'liq 2- variant Axborotni ximoyalashning kriptografik usullariAxborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: • tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash. Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. Kriptografiya - ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik. Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni o‘zgartira olmaslik haqida dalolat beradi. Bu yerda kalit qandaydir ximoyalangan kanal orqali junatiladi. Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taallukdidir. Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini: Bu holda ximoyalangan kanal bo‘yicha ochiq kalit junatilib, maxfiy kalit jo‘natilmaydi. Yovuz niyatlishaxslar o‘z maqsadlariga erisha olmasa va kriptotaxlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi. Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotaxlilning asosiy qoidalaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Ushbu ta’rifning asosiy ma’nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma’lum tizim hisoblanib, uning o‘zgartirilishi kup vakt va mablag talab kiladi, shu bois ham faqatgina kalitni o‘zgartirib turish bilan axborotni ximoyalash talab kilinadi. Simmetriyali kriptotizim asoslari Kriptografiya nuqtai-nazaridan shifr — bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to‘plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi. Kalit — kriptografiya o‘zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo‘lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.
|
| |