|
Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari
|
bet | 4/6 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #129786 |
Bog'liq 2- variant Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: • yetarli darajada kriptomustaxkamlik; • shifrlash va kaytarysh jarayonining oddiyligi; • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; • shifrlashdagi kichik xatolarga ta’sirchan bo‘lmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi: • o‘rinlarini almashtirish; • almashtirish; • gammalashtirish; • analitik o‘zgartirish. O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o‘rinlari almashtiriladi. Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlangich matn belgalari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi. Gammalashtirish usuli bo‘iicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. Tahliliy o‘zgartirish usuli bo‘yicha boshlangich matn belgilari analitik formulalar yordamida o‘zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko‘paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo‘lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat kiladi. O‘rinlarni almashtirish usullari eng oddiy va eng qadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida kuyidagilarni keltirish mumkin: — shifrlovchi jadval; —sexrli kvadrat. Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida kuyidagilar qo‘llaniladi: - jadval o‘lchovlari; - so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi; - jadval tarkibi xususiyatlari. Misol. Quyidagi matn berilgan bo‘lsin: KADRLAR TAYYoRLASh MILLIY DASTURI Ushbu axborot ustun buyicha ketma-ket jadvalga kiritiladi: k l a l i y t a a y a l d u d r yo sh l a r r t r m i s i Natijada, 4x7 o‘lchovli jadval tashkil qilinadi. Endi shifrlangan matn qatorlar bo‘yicha aniklanadi, ya’ni o‘zimiz uchun 4 tadan belgilarni ajratib yozamiz. KLAL IYTA AYAL DUDR YoShLA RRTR MISI Bu yerda kalit sifatida jadval o‘lchovlari xizmat kiladi. Ushbu usulni murakkablashtirish maqsadida tayanch so‘zni kiritsa bo‘ladi. Yuqoridagi misol uchun quyidagi MAGISTR so‘zini olamiz va oldingi jadvalga joylashtiramiz: m a g i s t r 4 1 2 3 6 7 5 k l a l i y t a a y a l d u d r yo sh l a r r t r m i s i Ikkinchi qatordagi raqamlar harflarning alifbo tarkibidan kelib chiqadi. Shu qatordagi raqamlar bo‘iicha ustunlarni tartiblaymiz: a g i m r s t 1 2 3 4 5 6 7 l a l k t i y a y a a u l d r yo sh d r l a t r m r i i s Shifrlangan matn quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: LALK TIYA YAAU LDRYo ShDRL ATRM RIIS Sehrli kvadrat deb, katakchalariga 1 dan boshlab sonlar yozilgan, undagi har bir ustun, satr va diagonal buyicha sonlar yigindisi bitta songa teng bo‘lgan kvadrat shaklidagi jadvalga aytiladi. Sehrli kvadratga sonlar tartibi bo‘yicha belgilar kiritiladi va bu belgilar satrlar buyicha o‘qilganda matn hosil bo‘ladi
|
| |