CorelDraw X4 Ўқув қўлланма




Download 330,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.01.2024
Hajmi330,26 Kb.
#148766
  1   2   3   4
Bog'liq
2M Kompyuter grafikasi turlari



I-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASI TURLARI
1.1. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari
“Kompyuter grafikasi”
birinchi navbatda informatika fani bilan
bog‘liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib
kompyuter grafikasini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval
informatika fani kursantlar (talabalar) tomonidan o‘zlashtirilishi lozim ekan.
Keyingi talab o‘rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi.
CorelDRAW, AdobePhotoshop, Microsoft Visio grafik dasturlari chizma
yaratish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya,
chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq
fanlarni va oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo‘lakarga bo‘lish,
aylana yoyi, urinma, burchak bissektrisalarni o‘tkazish, perpendikulyarlik va
parallellik xossalari...)ni bilish talab etiladi. Aks holda o‘zimiz buyruqlar
majmuasini noto‘g‘ri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab
etishimiz o‘rinsiz. Qisqa qilib aytganda CorelDRAW, AdobePhotoshop,
Microsoft Visio grafik dasturlarini o‘rganishda dastlab informatika so‘ng
chizmachilik va chizma geometriya fanlari o‘zlashtirilgan bo‘lishi lozim.
Keyingi talab o‘rganiladigan grafik dasturlarning talabidan kelib chiqadi.
Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga
aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko‘rsatuvchilarning aksariyat qismi
axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan
banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish
qiyin. Ulardagi ma’lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida
amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug‘diradi.
Kompyuter grafikasi
- bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida
hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to‘g‘risidagi fandir.
Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter
vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish
jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt
modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o‘tgan
asrning 90-chi yillarida paydo bo‘ldi hamda fan va ishlab chiqarishning
barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb
5


etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog‘ozga qalam yoki
ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha
yordamida rasm chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni
harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish dasturlarlari yoki
grafik redaktorlar bo‘lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib
boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning
texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha
takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib
borishni taqozo etadi. So‘nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar
(siljishlar) yuz berdi, ya’ni
16 miliondan
ortiq rang va rang turlarini o‘zida
aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama -
skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf
qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasining uch turini o‘rganamiz, bular:
rastrli
,
fraktal
va
vektorli
grafikadir.

Download 330,26 Kb.
  1   2   3   4




Download 330,26 Kb.
Pdf ko'rish