*.frp; *.frs; *.fri;
*.fro; *.fr3, *.fr4 va boshqalar.
Afzalligi:
> Original va bejirib, fantastik tasvirlarni hosil qilish mumkinligi;
> Real hodisa va jarayonlarni (ilmiy grafikaviy) modellashtirishda
qo‘llash mumkinligi.
Kamchiliklari:
> Dasturlash tilining murakkabligi. Turli dasturlash tillari (C, Delphi,
Pascal va h.) ni
bilish talab etiladi;
> Natijani oldindan baholashning qiyinligi.
Qo‘llanish sohasi:
> Ko‘ngilochar dastur va video o‘yinlar yaratishda (oddiy va
murakkab
teksturalar, turli landshaft va fonlarni yaratishda);
> Kino va video industriyada (noananaviy hodisa va
jarayonlarni hosil
qilishda, fantastik syujetlar yaratishda).
1.3-rasm. Fraktal grafikasi asosida yaratilgan kompozitsiyalar
10
1.4. Vektorli grafika
Vektor grafikasida tasvir
vektor
deb nomlanuvchi chiziqlar asosida
qurilib, ularga turli parametrlar - rang, chiziq qalinligi va joylashuvi
(vaziyati) xususiyatlari beriladi.
Vektor grafikasida
primitivlar
deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan
ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o‘lchamli oddiy geometrik figuralar
kiradi. Ikki odchamli geometrik figuralarga - nuqta, to‘g‘ri chiziq, egri chiziq,
aylana, ko‘pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o‘lchamli geometrik
figuralarga - kub, prizma, piramida, sfera, konus, silindr kabi jismlar kiradi.
Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo‘lgan geometrik
figuralar - ob’ektlar yaratiladi.
Vektorli grafika odatda
ob’ektga qaratilgan grafika yoki
chizma
grafikasi deb ham nomlanadi.
Vektor grafikasida asosiy mantiqiy element primitivlar bo‘lganligi
uchun, asosiy e’tibor primitivlarni qurishda ularning parametrlariga
qaratiladi. Misol uchun yopiq ko‘pburchak tomonlari teng yonli yoki
ixtiyoriy bodishi, yopiq hududlar aylana, ellips yoki ixtiyoriy egri chiziq
asosida qurilishi mumkin bo‘lib (1.4- rasm, a), ushbu yopiq ko‘pburchak yoki
hudud ichini ranglash (1.4- rasm, b), gradientlash (1.4- rasm, c) yoki
shtrixlash (1.4- rasm, d) mumkin.
1.4-rasm. Vektor grafikasining asosiy imkoniyatlari
11