YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#71032
1   2   3
Bog'liq
YO\'PA0118 (1)
Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi., 6-dars, 2-amaliy topshiriq, 05-1272 15.12.2021, Maqom asoslari, mustaqil ish mavzulari2 (3), 3-MI Uralov Bunyod, 3-mustaqil ish-Vektorlar bo, 290, 2-mavzu.Yarim o‘tkazgichli diodlar, 788, 789, ferment, xfghjh
83 
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 1-SON (YOʻPA) 
qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo 
etiladi. Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid 
xulqatvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan internet 
yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar farzandining kompyuter qarshisida 
bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham 
ularni muayyan xavfxatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini 
muhofaza qilish, xavfxatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun 
murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida 
ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi.
Bugun yoshlarga “Bu axborotni kim taqdim qilmoqda?”, “Nima uchun taqdim qilmoqda?” va 
“Qanday maqsadda taqdim qilmoqda?” degan savollarni o'z-o'ziga berishi, unga asosli javob 
topishga harakat qilishni o'rgatish kerak bo'ladi. Ana shundagina turli g'oyalar ta'siriga tushib 
qolish ehtimoli kamayib, taklif etilayotgan ma'lumotlarga ko'r-ko'rona ergashishning oldi 
olinadi. “Axborot tashnaligi”ga barham beriladi. 
Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish 
uchun, qayta ishlash, kompyutеrli informatsion tеxnologiyani va zamonaviy tеxnik vositalarni 
va usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lgan 
kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik rеsurslarni aniq xisobini qila oladilar. Bu esa barcha 
tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tеzlik bilan xal etish imkonini bеradi va 
rеspublikani ravnaq topishida muhim o’rin egallaydi.
Darslarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo`llanilishi ta’lim olish uchun ijobiy 
motivatsiyani kuchaytiradi, ta’lim oluvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari didaktik materiali mazmuni va shakli bo`yicha turli-
tumandir: elektron darsliklar, videorolik, musiqa, ma’lum mavzudagi taqdimotlar
rivojlantirish xususiyatiga ega turli testlar, topshiriqlar va boshqalar. Darslarda axborot 
texnologiyalarini qo`llash bilish faoliyatini faollashtiruvchi asosiy prinsiplar-ishonish va 
teskari aloqa, tadqiqotchilikni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ushbu 
prinsiplarning amalga oshirilishini axborot texnologiyalari qo`llanilgan barcha darslarda 
kuzatish mumkin.
“Axborot xavfsizligi” tushunchasi O‘zbekistonga kirib kelganiga ko‘p bo‘ldi. Jurnalistika 
fakultetlarida 2000-yillarning o‘rtalaridan buyon axborot xavfsizligi maxsus fan sifatida 
o‘rgatib kelinadi. Ayni damda, hali ham mamlakatda ko‘pchilik bu tushunchaning asl 
ahamiyatini anglamaganday xayolimda. Universitetda bu fan darslarida juda umumiy 
mavzular o‘tilar, axborot xavfsizligi bo‘yicha umumiy tushunchalar berilar edi. Universitetdan 
tashqari hayotga kelsak, men ko‘rgan-bilgan odamlarning aksariyati shaxsiy ma’lumotlar 
xavfsizligiga yetarli e’tibor qaratmaydi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash mustaqil faoliyat imkoniyatlarini 
kengaytiradi, tadqiqotchilik ko`nikmalarini shakllantiradi, turli ma’lumotlar tizimi, elektron 
kutubxona, boshqa axborot manbalaridan foydalanishga imkoniyat beradi, umumlashtirib 
aytganda ta’lim sifatini oshirishga ko`maklashadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo`llab o`tiladigan dars ishlab chiqilayotganda ta’lim oluvchilar sog`ligiga alohida e’tibor 
qaratish kerak. 



Download 0.68 Mb.
1   2   3




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish