• Suqrot
  • Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi




    Download 464,23 Kb.
    bet4/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi qadimgi davrlardan o‘n yettinchi asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan bo‘lib, ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan tavsiflanadi. Chunki bu davrda tarbiyaning turli nazariyalari yuzaga kelgan1.
    Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Biroq ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik g‘oyalarga tavsif berganda faqatgina tarbiyaga oid tajribalar to‘g‘risida gap borishi mumkin. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonni hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo‘lgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma’no kasb etgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi kishilar-tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlangan.
    Agar ibtidoiy davr ijtimoiy-pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizasiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedagogik g‘oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda, muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta Osiyoda-Avesto va boshqalar).
    Faqatgina miloddan avvalgi bir ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni yaratgan allomalarning nomlari ma’lum bo‘la boshlaydi.
    Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shganlar. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y.) “O‘z-o‘zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagan.

    Demokrit (mil. avv. 460-370 y.) o‘z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari, uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.

    Aflotun (mil. avv. 423-347 y.) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o‘zaro munosabati g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikriga ko‘ra, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo‘lgan.

    Arastu (mil. avv. 384-322 y.) antik dunyoda tarbiyaning to‘liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu inson tarbiyasida asosiy e’tiborni davlatga to‘liq bo‘ysunishga emas, balki insonning o‘z manfaatlariga, uning rivojlanishiga qaratadi. Shaxsning jamoa bilan uyg‘un rivojlanishi to‘g‘risidagi g‘oya ham unga tegishlidir.

    Download 464,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi

    Download 464,23 Kb.