• 3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan.
  • Fridrix Disterveg
  • ) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan




    Download 464,23 Kb.
    bet7/118
    Sana03.02.2024
    Hajmi464,23 Kb.
    #151051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
    Bog'liq
    Axmamat jumayev, surayyo sharipova

    1) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Bu uning fan sifatida paydo bo‘lishiga olib kelgan;
    2) ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat vujudga kelgan. Bu yerda ijtimoiy pedagogik ta’lim, tarbiya maqsadi va xarakteri, ta’siri haqida gap bormoqda;
    3) ijtimoiy pedagogika faoliyat doirasining kengayishi ro‘y bergan. “Nochor” va tanlab olingan bolalar bilan bir qatorda, katta yoshdagilar bilan ham ijtimoiy-pedagogik faoliyat boshlangan. Eng asosiysi, ijtimoiy pedagogik faoliyat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. XIX asrning 60-70 yillarida Germaniya, Angliya, AQSHda ijtimoiy qonunchilik tizimlari yaratilgan.
    Shuni aytib o‘tish joizki, ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining barcha yo‘nalishlarini uning eng asosiy vazifasi bolalarni ijgimoiy jihatdan himoya qilish g‘oyasi birlashtiradi. Biroq, XVIII-XIX asrlarda u avvallari e’tiborsiz bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘ldiriladi. Aniqrog‘i, ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida birinchi o‘ringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.
    XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab pedagogika va ommaviy tarbiya tizimiga e’tibor kuchayadi. Unda yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini buzuvchi shaxslarni qayta tarbiyalash muammolari hal qilina boshlandi. Bu ishlarning davomi Yevropa va Amerika qit’alarida ro‘y berayotgan o‘zaro ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘z aksini topishi kerak bo‘ldi. Industriyalashtirish qishloq aholisining shaharga ommaviy migrasiyasini keltirib chiqardi. Qishloq aholisining yangi turmush tarziga moslashishda qiyinchiliklarga uchrashi oqibatida axloqsizlik, jinoyatchilik, daydilik ko‘paydi. Kam rivojlangan Yevropa davlatlaridan aholi ko‘chib kelishining ortishi sababli AQSHda ahvol nihoyatda og‘ir edi. Ayni vaziyatda cherkovning rolini susayishi kuzatildi. Cherkov shu paytgacha axloqiy me’yorlarning an’anaviy tashuvchisi bo‘lib kelgan, biroq endi u jamiyatning yangi ehtiyojlari va voqeliklarini anglay olmadi va ko‘pgina odamlar hayotida o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotdi. Shu bilan birga, Yevropada milliy davlatchilikning shakllanishi va Amerikada millatning yuzaga kelishi barcha ijtimoiy qatlamlarda muayyan g‘oya va qadriyatlarning madaniylashuvini talab qilardi. Ushbu masalani hal qilish vositalarini topish zarurati paydo bo‘ldi. XIX asr oxirida mustaqil fanga aylangan ijtimoiy pedagogika rivojiga aynan shu omil turtki bo‘ldi.
    Shunday qilib, nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan fanga kiritilgan «ijtimoiy pedagogika» atamasi XX asr oxiriga kelib rasmiy ravishda keng qo‘llanila boshlagan.
    Aynan shu vaqtdan boshlab ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizasiyasi tarixida ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’yektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga eng birinchi navbatda falsafa orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ijtimoiy pedagogikaning qator fanlar: psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sosiologiya va boshqalar bilan yaqinlashuvi ro‘y berdi. Eng asosiysi XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylandi. Aynan shu davrda “pedalogiya”- bolani har tomonlama o‘rganish haqidagi fan rivojlana boshladi. Uning asoschilari E. Meyman, S. Xoll, Torndayk hisoblanadi. Bu borada Rudolf Shteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagogikani yangi g‘oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagog olimlardan Georg Kirshenshteyner (1854-1932, Germaniya), Jon Dyui (1859-1952, AQSH), Vilgelm Laylarning (1862-1926, Germaniya) nomlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.



    Download 464,23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




    Download 464,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan

    Download 464,23 Kb.