|
Alkogolizmning oqnbatlari
|
bet | 91/118 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 464,23 Kb. | | #151051 |
Bog'liq Axmamat jumayev, surayyo sharipovaAlkogolizmning oqnbatlari
Ijtimoiy-iqtisodiy (o‘qishni tashlab ketish, ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin pasayishi, ishlab-chiqarish va maishiy jarohatlar sonining oshib borishi, turli xil alkogolizmga qarshi chora-tadbirga harajatlar sarflash).
Ijtimoiy-psixologik (oilaviy, maktab, mehnat yoki boshqa ijtimoiy-ijobiy aloqalarining uzilishi, shaxsning ma’naviy va ruhiy barbod bo‘lishi, mikromuhitda ma’naviy-psixologik vaziyatning yomonlashishi).
Kriminal (jinoyatlar sodir etish, boshqa odamlar bilan jinoiy faoliyatlarga qo‘shilib ketish, kriminalizisiya va viktilizasiya yuzaga kelishi uchun qulay vaziyatlar yaratilishi).
4.Jismoniy (alkogol iste’mol qilgan aniq bir shaxsning o‘zigina emas, balki kelajak avlod sog‘lig‘i uchun ham zarar keltiriladi).
8.3. Deviasiya konsepsiyasida reabilitasiya, profilaktika
va korreksiya masalalari
Spirtli ichimlik ichishga oatlangan bola bilan ishlashda ijtimoiy pedagogning faoliyatida asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin:
1. Bolaning ijtimoiy moslashishi darajasini oshirish bo‘yicha faoliyat.
2. Alkogolizmni oldini olish bo‘yicha faoliyat.
3. Ota-onalarga bilim berish bo‘yicha faoliyat.
4. Bolalar ijtimoiy reabilitasiya qilish bo‘yicha faoliyat.
5. Muhitga moslashtirishga to‘siq bo‘lgan vaziyatlarni yo‘qotish bo‘yicha bola va uning atrof-muhiti o‘rtasidagi vositachilik faoliyati.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog tomonidan quyidagi asosiy vazifalarni bajarishini ko‘zda tutadi.
Birinchi vazifasi — diagnostika qilish. Bu faoliyat bolalarni spirtli ichimliklarga o‘rganishlari xavfi omillarini yo‘qotishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga odatlangan bola haqida ma’lumotlar to‘plash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Pedagog bolaning xususiyatlarini o‘rganadi, uning oilasi haqida ma’lumotlar to‘playdi, bolaga yomon ta’sir ko‘rsatish manbalarini o‘rganadi, spirtli ichimlik ichishga o‘rgatuvchilarni aniqlaydi, mikromuhitning bolaga ta’sirini o‘rganadi.
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi asosida pedagog alkogolizmga berilgan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy. Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini hamda uni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko‘zda tutadi. Pedagog bolaning ijtimoiy-reabilitasiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning ta’lim va tarbiyasidagi kamchiliklarni yo‘qotadi.
To‘rtinchi vazifasi – huquqni himoya qilish. Pedagogik o‘z faoliyatini huquqiy asosda qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga rioya qilishni bildiradi.
Beshinchi vazifasi – tashkilotchilik. Bu bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat olib borishda turli mutaxassislarning ishtiroki va birgalikda ishlarini olib borishlarini talab etadi.
Oltinchi vazifasi – kommunikativ. Uning mazmuni ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ma’lumotlar almashish maqsadida uning ishtiroklari o‘rtasida ko‘plab aloqalar o‘rnatilishi zaruriyati yuzaga kelishidan iborat bo‘ladi.
Yettinchi vazifasi-oldini olish-profilaktik, bu faoliyat olingan yaxshi natijalarni mustahkamlash va ichkilikbozlik va alkogolizmning takrorlanishi mumkinligini yo‘qotishni ta’minlaydi.
Ijtimoiy pedagogning spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishga doir asosiy yo‘nalishlari:
a) adaptasion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlarini rivojlantirish orqali bolaning adaptativ xususiyatlarini tuzatish;
b) profilaktik bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabatni shakllantirish;
v) vositachilik-bola va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
g) reabilitasion-alkogolga tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitasiya qilish.
Bu toifadagi bolalar bilan ijtimoiy pedagog o‘z faoliyatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhis qo‘yish bo‘lib, bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yishining oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to‘plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, bola oilasi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash, bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan manbalarni o‘rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o‘rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
|
| |