KASHTACHILIK SAN’ATINING TURLARI




Download 7.77 Mb.
bet8/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
KASHTACHILIK SAN’ATINING TURLARI

Kashtachilikning bir necha turlari bo’lib, u tikilish uslubi bilan farq-lanadi. Jumladan, zardo’zlik, biror xil matoga boshqa rangli mato yopishtirib atrofi va ustini kashta bilan bezash, gul tikish kabilar bugungi kungacha etib kelgan. Zardo’zlik kashtachilikning eng ko’p tarqalgan turlaridan bo’lib, bu zar ip bilan kashta tikish sanaladi. Zardo’zlik san’ati Xujand va Buxoroda keng tarqalgan.



Zardo’zi usulida tayyorlangan kashtalarda oltin, kumush rangdagi tabiiy ipak sun’iy ipak va tolalardan foydalaniladi. Bu kashtachilik namunalari asosan, kelinchak liboslari, sunnat qilinadigan to’y bola ust-boshlari, to’y bolaga atalgan toychoqning ustiga yopiladigan matolarga zar ip bilan bezak berilib tayyorlanadi. Biror xil matoga boshqa rangli mato yopishtirib, uning atrofini chiroyli rangli iplar bilan tikib bezash ham kashtachilikning bir turiga kiradi. Bu kashtachilikning maxsus turi bo’lib, u o’ziga xos uslubga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi tikiladi, bunda ko’pincha bir yo’lli choklardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ko’pincha bolalar paltolari, ko’ylaklari, bosh kiyimlariga har xil qush, meva, gul va hayvonlar tasviri shu usulda tikiladi. Gul tikishda esa, zardo’zlikdan farqli o’laroq, yaltiroq bo’lmagan iplardan ham foydalaniladi.



Download 7.77 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Download 7.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KASHTACHILIK SAN’ATINING TURLARI

Download 7.77 Mb.