|
Bajardi : raxmatov. D qabul qildi : asqarova. N
|
bet | 1/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 389,12 Kb. | | #104183 |
Bog'liq DAVLATNING TA\'LIM PISIXOLOGIYA FANIDAN 1-MUSTAQIL ISHI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI RAXMATOV DAVLATNING “ TA’LIM FISIXOLOGIYASI” FANIDAN 1-MUSTAQIL ISHI
BAJARDI : RAXMATOV.D QABUL QILDI : ASQAROVA.N
Mavzu:Talaba shahsining psixologik taraqqiyoti reja: 1.Qiziqishlar va dunyoqarashlar 2.Qiziqishlarni aniqlash diagnostikasi
Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotda va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy о‘quv yurtidagi ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hox rasmiy, hox norasmiy bо‘lishidan qat’iy nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Talabalik davrinig asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar bilan rо‘yobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatlarni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (ma’sul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va kо‘rsatgichlari о‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘lari, mehnatda faolllik kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish va hakozolardan iborat.
Talaba oliy о‘quv yurtida turli fanlarni о‘rganish natijasida unda kasbiy yо‘nalganlik shakllanadi, ya’ni о‘z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qо‘llash uchun shaxsiy intilish paydo bо‘ladi. Shaxsning kasbiy yо‘nalganligini takomillashtirish istagi, о‘z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagini о‘z ichiga oladi. Kasbiy yо‘nalganlik - kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni va qabul qilishni о‘z ichiga oladi.
Kasbiy yо‘nalganlik mazmunidagi ijobiy о‘zgarishlar bо‘lg‘usi kasb bilan bog‘liq bо‘lib, motivlar mustahkamlanishida kо‘rinadi: ish buyicha о‘z majburiyatlarini yaxshi bajarishga intilish, bilimdon mutaxassis sifatida о‘zini kо‘rsatish, murakkab о‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga intilish kuchayadi, ishda muvaffaqiyatga erishish istagi kuchayad.
Talabalarda kasbiy yо‘nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlariga ishontirish, bо‘lg‘usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat an’analarini targ‘ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini kо‘rsatish zarur.О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning о‘ziga xos yо‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qо‘ydi va bir qator chora - tadbirlar kо‘rishni, shu jumladan, «Ta’lim tugrisida»gi Qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, о‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or о‘quv yurtlarini attestatsiyadan о‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etish hamda eng asosiysi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarinshi, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Talabalik davri о‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bо‘lib, 17-22-25 yoshni о‘z ichiga oladi va о‘zining qator betakror xususiyatlari hamda qarama –
qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan о‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada о‘spirinlik о‘ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi. Jumladan kattalarning har xil kо‘rinishdagi (unga yoqimli yoki yoqimsizligidan qat’iy nazar) rollarni tez sur’atlar bilan bajarib kо‘rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga kо‘nika boshlaydi. Katta odamlarning turmuz tarzlariga о‘tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog‘liq ichki qarama – qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Talabalarga mustaqil bilam olish, о‘z faoliyatini о‘zi tashkil qilishi, о‘zini – о‘zi boshqarishi, yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish va hakozolarni о‘rgatiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan diologik (talaba va о‘quituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga о‘tishdir.
Talabalik davri yoshlar biologik jihatdan barkamollik,ijtimoiy nuqtai nazardan yetuklik, jismoniy baquvvatlik bosqichiga kо‘tariladi. Ammo ilk о‘spirinlik (16-17 yoshli) ning ayrim bolalarga xos xulq atvorning tashqi ifodalari, romantikasi ma’lum davrgacha о‘z ta’sirini о‘tkazib turadi. Oliy maktabdagi dastlabki sinov (birinchi sessiya) davridayoq talaba turmushi faqat romantikadan iborat emasligi, balki izlanish, irodaviy zо‘r berish, aqliy mehnat zahmati orqali ezgu niyatga yetishish mumkinligiga iqror bо‘ladi. Favqulotli taassurotdan, ijtimoiy sinovdan keyin о‘qishga, turmushga, insonlarga nisbatan munosabati jiddiy ravishda о‘zgaradi, narsa va hodisalarga, ijtimoiy holatlarga voyaga yetgankatta kishilardek muomala qilishga, voqelikni tо‘g‘ri oqilona aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi.
Hech qanday jamiyatda qobiliyatli shaxslar, iste’dodli yoshlar zarur. Chunki, ular mamlkatning kelgusi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi, bо‘lg‘usi intelektual va ijodkor elita va killari hisoblanadi. Iqtidorli, imte’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash va о‘qitish respublikamizning bо‘lajak zakovvatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tarbiyalashning asosiy manbaidir. Shu sababli istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, qо‘llab – quvvatlash, tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yо‘nalishlaridan biriga aylanadi. Shu sababli о‘quvchi va talabalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, ularning imkoniyatlari о‘rganilib, kelajaklariga ishonch bilan qarashlariga imkoniyat berilmoqda.
Qarshi Davlat Universitetida ta’lim sohasini yangi bosqichiga kо‘tarish, talaba yoshlarning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularni bizga begona bо‘lgan ta’siridan himoyalash, shu ruhda tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Yangicha dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimizning yanada ravnaq topishi uchun munosib hissa qо‘shishga intiladigan, yetuk minglab yangi avlod mutaxassilari tayyorlanadi.
Iqtidorli talabalar va о‘quvchilar uchun alohida sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizning bundan keiyngi tarqqiyoti, ma’naviy о‘sishi shunga bog‘liqdir. Ular uchun yakka tartibda о‘quv dasturlari tuzilib, yetakchi о‘quvchilar va olimlardan murabbiylar belgilab qо‘yilmoqda. Har bir oliy о‘quv yurtida iqtidorli bolalarni izlab topish sohasini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan gimnaziya va akademik litseylar tashkil etildi, ularga umumta’lim maktablaridan eng о‘quvli balalar jalb etilmoqda.
|
| |