|
Qiziqishlar va dunyoqarash
|
bet | 2/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 389,12 Kb. | | #104183 |
Bog'liq DAVLATNING TA\'LIM PISIXOLOGIYA FANIDAN 1-MUSTAQIL ISHIQiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan sanalib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan barcha hodisalar, odamlarning
o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ularni o‘rganishga
imkon beruvchi omildir. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs
dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki e’tiqod shaxsning shunday ongli yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, prinsiplari va
dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon berib, e’tiqod va qiziqishlar
dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash – tartibga solingan, yaxlit ongli
tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni
ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin
egallashga chorlaydi.
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit dunyoqarash shakllanadi.
Dunyoqarash insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi dunyoqarash U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy dunyoqarash U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy dunyoqarashning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) dunyoqarash Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy dunyoqarash Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. Dunyoqarashning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. Dunyoqarashning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. Dunyoqarash koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. Dunyoqarash mazmuni individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. Dunyoqarash markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. Dunyoqarash kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsatib, katta amaliy maʼno kasb etadi[1]
Qiziqishlarni aniqlash diagnostikasi psixologik va sotsiologik metodlardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu diagnozning asosiy maqsadi insonning qiziqishlari, maqsadlari, talablari va qiziqishlari haqida tafsilotli va obyektiv ma'lumot olishdir.
Qiziqishlarni aniqlash uchun quyidagi diagnostik vositalardan foydalanish mumkin:
1. Anketa: Anketa talabalar, ishchi yoxud boshqa insonlar tomonidan to'ldiriladi. Bu sorovnoma yordamida insonning qiziqishlari, hobbilari, talablari va maqsadlari haqida ma'lumot olinadi.
2. Intervyu: Intervyu psixolog yoki murabbiy bilan o'rtasida amaliyotda amalga oshiriladi. Bu qiziqishlarni kengaytirish, maqsadlarni belgilash va hayotdagi maqsadlarga erishish uchun yangiliklarga qiziqish ko'rsatish haqidagi muhokama vazifasini o'z ichiga oladi.
Psixologik testlar: Bu testlar xususiy ko'nikmalarga asoslangan strukturalarni va ma'lumotlarni ta'minlaydi. Qiziqishlarni, mavjud bilim va malakalarni belgilash va mahoratlarini baholash uchun foydalaniladi. Masalan, Meyers-Briggs shaxslilik turi, Sotsialniy qiziqishlar strukturasi (SSS), Rorschach testi kabi testlar qiziqishlarni aniqlashda foydalaniladi.
Qiziqishlarni aniqlash diagnostikasi, shaxslarning o'zlari va ularga yordam beruvchilarning qiziqish va maqsadlari, shu jumladan psixologlar va sotsiologlar, o'zaro munosabatlari, turli testlar va tahlil usullaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Bu diagnostika natijalari asosida insonning o'ziga yaxshi keluvchi sohalarni aniqlash, o'z faoliyatlari uchun yo'l harakatini belgilash va yuqori samaradorlik darajasiga erishilishi mumkin.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.
Qayd etilishicha, mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:
“Maqsadlarga intilish” testi,
“Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash” testi,
“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
“Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
“O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash” testi,
“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
“O‘quv motivasiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
“Qiziqishlar xaritasi" testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.
“Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.
“Kasbni egallash” ruknida esa respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.
Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslahatlar berib boriladi.
“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.
Qiziqishlarni aniqlash diagnastikasi o'zning ko'rsatilgan bepul varianti yo'q. Uni aniqlash uchun o'z-uzina laboratoriya testlari va sinash zarur bo'ladi. Bunday sinashlar arasida nevrologik sinashlar (masalan, murakkab bayroq testi), radiologik sinashlar (masalan, MRI skan), va boshqa laboratoriya sinashlari kiritilishi mumkin. Agar siz qiziqishlarni aniqlashni istasangiz, ilgariroq davolanishni maqsadga muvofiq tavsiya qilish uchun shifokor yoki mutaxassisga murojaat qiling.
https://fayllar.org/ https://uz. https://www.
|
| |