Bajardi: Jismoniy madaniyat,Sport va maktabgacha ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi




Download 1,06 Mb.
bet1/3
Sana14.05.2024
Hajmi1,06 Mb.
#233586
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish


O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
O'zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti
Bajardi: Jismoniy madaniyat,Sport va maktabgacha ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi
Mavzu: Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning
moslashuv ko'nikmalarini shakllantirish
Adaptatsiya – organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish
xususiyati. Shuningdek, adaptatsiya bu organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab oʼzgartirish qobiliyati hamdir. Barcha tirik mavjudotlar oʼzgaruvchan, atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani taʼminlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida roʼy beradi. Biroq atrof-muhitning bunday oʼzgarishlarini oldindan koʼra bilish va unga koʼnika olish faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptativ qobiliyati tugʼma boʼlmay, insonning muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. Insonning koʼnikish reaktsiyalari shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli oʼlaroq, inson ijtimiy muhit oʼzgarishlariga koʼnika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaktsiyalarini ishlab chiqishi lozim.

Insonda adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar oʼynaydi. Ilmiytexnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi tabiat va kosmosni faol oʼzlashtirish, aloqa vositalarining kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda oʼzgaruvchan muhit sharoitlariga tez koʼnika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega komponentiga aylanmoqda.Insonning tugʼilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tugʼilgan chaqaloqda ham koʼnikish mexanizmlari mavjud boʼladi.Biroq goʼdaklik davrida muhit bilan faol oʼzaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida baʼzi murakkab funksiyalar vujudga keladi. Miyada axborot toʼplash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy taʼsir orqali oʼzlashtirish imkonini beradi.Soʼnggi yillarda goʼdaklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi.


Taʼlim tashkilotlalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning koʼnikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bogʼliq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ham har tomonlama rivojlanishiga sabab boʼladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bogʼliq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida ayniqsa jadal kechadi.Shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va meʼyorlar haqidagi maʼlumot muhim ahamiyatga ega.

Download 1,06 Mb.
  1   2   3




Download 1,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bajardi: Jismoniy madaniyat,Sport va maktabgacha ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi

Download 1,06 Mb.