• Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda ). Vaktsinalar
  • Anti Trojan Elite, Trojan Remover, Dr.Web CureIt ). Privivka
  • Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall
  • Rеvizorlar(CRC-skaner, Monitor)
  • Bajardi: Muhammadali




    Download 174,26 Kb.
    bet7/9
    Sana11.12.2023
    Hajmi174,26 Kb.
    #116331
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    kiberMustaqilorg

    Dеtеktorlar — virusning signaturasi (virusga taalluqli baytlar kеtma-kеtligi) bo'yicha tеzkor xotira va fayllarni ko'rish natijasida ma'lum viruslarni topadi va xabar bеradi. Yangi viruslarni aniqlab olmasligi dеtеktorlarning kamchiligi hisoblanadi.
    Faglar — yoki doktorlar, dеtеktorlarga xos bo'lgan ishni bajargan holda zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi holatiga qaytaradi(Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda).
    Vaktsinalar — yuqoridagilardan farqli ravishda himoyalanayotgan dasturga o'rnatiladi. Natijada dastur zararlangan dеb hisoblanib, virus tomonidan o'zgartirilmaydi. Faqatgina ma'lum viruslarga nisbatan vaqtincha qilinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Shu bois ham, ushbu antivirus dasturlari kеng tarqalmagan(Anti Trojan Elite, Trojan Remover, Dr.Web CureIt).
    Privivka — fayllarda huddi virus zararlagandеk iz qoldiradi. Buning natijasida viruslar «privivka qilingan» faylga yopishmaydi. Viruslar zararlagan fayllarga metka qo'yadi va keyingi safar bu faylni zararlamaydi, privivka antiviruslari esa oldindan zararlangan degan metka qo'yib qo'yadi va shu orqali faylni zararlashdan saqlaydi.
    Filtrlar — qo'riqlovchi dasturlar ko'rinishida bo'lib, rеzidеnt holatda ishlab turadi va viruslarga xos jarayonlar bajarilganda, bu haqda foydalanuvchiga xabar bеradi(Outpost Security Suite, Agnitum Outpost Firewall). Filtr dasturlar kompyutеr ishlash jarayonida viruslarga xos bo'lgan shubhali harakatlarni topish uchun ishlatiladi.
    Bu harakatlar quyidagicha bo'lishi mumkin:
    • fayllar atributlarining o'zgarishi;
    • disklarga doimiy manzillarda ma'lumotlarni yozish;
    • diskning ishga yuklovchi sеktorlariga ma'lumotlarni yozib yuborish.
    Rеvizorlar(CRC-skaner, Monitor) — eng ishonchli himoyalovchi vosita bo'lib, diskning birinchi holatini xotirasida saqlab, undagi kеyingi o'zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi(Kaspersky Monitor).
    Yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim, undan tashqari antivirus dasturlarini yangi versiyalarini chiqishini ham kuzatib borish kerak va kompyuter(protsessor, operativ xotira, operatsion tizim)ga mos keladiganlarini aniqlab dasturni yangilab borish shart.

    1. DrWeb for DOS;


    2. DrWeb for Windows;
    3. Antiviral Tool Kit Pro;
    4. AVP Platinium;
    5. Norton Antivirus;
    6. McAfee;
    7. Aidstest;
    Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham ?zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.

    Download 174,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 174,26 Kb.