tarmoqlari yoki uyali aloqa tarmog’i deganda butun dunyo bo’ylab katta quruqlik
ustida tarqaladigan va uyalar yoki tayanch stantsiyalari deb nomlanuvchi uzatgich
stansiyalar orqali simsiz ulanadigan va multimediali ma’lumotlarni uzatish/qabul
qilishga moslashtirilgan aloqa tarmog’ini tushuniladi. Odatda, uzatuvchi/qabul
qiluvchi stansiyalar simsiz aloqa orqali radio signallarini an’anaviy usulga
asosan
havo orqali uzatadi. Radio signallari yorug’lik va infraqizil to’lqinlarni o’z ichiga
olgan elektromagnit xossaga ega. Ushbu signallar to’lqinlar chastotasi va to’lqin
uzunligiga ega bo’lganligi sababli ko’ndalang to’lqinlar
oilasiga mansubdir, ya’ni;
Mobil tarmoqlarining avlodlari Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta
avlodlari (generation) ishlab chiqildi - 1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning
rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G
mobil
tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh
avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so’zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod
raqamini anglatadi. 80- yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil
tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo’ldi. Mobil tarmoqlarining avlodlari Aslida,
avlodlar har doim muayyan vaqt oralig’ida joylashtirilishi mumkin bo’lgan standartlar
guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta, shuning uchun 5G
joylashtirilgan bitta nuqta bo’lmaydi, aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib,
rivojlantirilganidan so’ng bosqichma-bosqich joylashtiriladi.