asoslangan bo’lib, tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga
asoslanadi. GSM tarmog’ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va
kommutatsiya (NSS), operatsiya va qo’llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS),
shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.
BSS
(Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib,
u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida
signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS
(Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U
tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir.
U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining
modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi.
BSC
(Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) boshqaradigan
va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar
va mobil kommutatsiya
markazi (
MSC
) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq elementidir. Mobil
kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM / CDMA uchun
ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni (masalan,
konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari)
marshturlash uchun javob
beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi. Barcha mobil telefonlardan
mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS
(Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi
(NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil
telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va
harakatchanlikni boshqarish
funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC
(Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni
istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog’idagi yana
bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish
orqali amalga oshiriladi.
HLR
(Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar
kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
VLR
(Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi faoydalanuvchilarni
(masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. Bu HLR qamrov
zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming funktsiyalarini qo’llab-
quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN
(Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon
tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa
operatorlari tomonidan
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.