birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo’lgan
– adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo’lgan. TCP/IP
tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish
birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar
qo’llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni uzatish tezliklari,
ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM
texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi
2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar
yordamida qurilgan, hozirda keng qo’llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida
ishlayotgan global tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish
imkoniyatlari paydo bo’lmoqda. Korporativ tarmoqlarni qurish uchun
foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish
tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks)
korxonaning katta
bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini
ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda,
ko’p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish
qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini
beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida
ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial
tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va
apparat vositalar uzoqdan
turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday vositalar
sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli
ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri
RAS (Remote Access Server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va
shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi.
Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni Internetning arxitekturasi keltirilgan
ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar
yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi –
ya’ni Internet tarmog’i