|
Guruh nwk-020
|
bet | 1/7 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #112190 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari maruza
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“KIBERXAVFSIZLIK” FAKULTETI
713-21- guruh NWK-020 - patok talabasi
OBIDOV BOBIRJONning
“Kompyuter tarmoqlari” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Obidov B.
Tekshirdi: Xodjayev N.
TOSHKENT - 2023
Mavzu: Mobil tarmoq standartlari.
Reja:
Kirish.
Mobil tarmoqlarning avlodlari.
Mobil tarmoqlarning arxitekturasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlari.
Kirish.
XX asrning boshlarida to oxirigi qadar har bir telekommunikatsiya xizmati uchun alohida tarmoq infratuzilmasi loyihalandi va qurildi. Foydalanuvchilarga xizmatlar top’lami alohida qurilgan tarmoq infratuzilmalari orqali taqdim etildi, masalan radio, telefon, sputnik, telegraf va boshqalari. 1980 yildan boshlab radio va telefon aloqa tarmoqlari orqali tarqim etilgan xizmatlaridan tashqari kompyuter tarmoqlari va telefon tarmoqlari infratuzilmalariga asoslangan xizmatlar (ISDN) alohida alohida bo’lib rivojlantirildi. Keyinchalik paketli (IP) texnologiyalarni keng joriy yetish yo’lga qo’yilganidan keyin, har bir xizmatni bitta tarmoq orqali foydalanuvchilarga uzatish imkoniyati ishlab chiqildi hamda foydalanuvchining oxirgi terminallarida ham o’z navbatida ushbu xizmatlarni qo’llab quvvatlash imkoniyati ishlab chiqildi. Bugungi kunda smartfonlar orqali ovozli, matnli, video, radio, mobil TV, online o’yin, videokonferensiya, faks, telegraf va ko’plab xizmatlarni qo’llab quvvatladi.
1980 yildan keyin telefon va kompyuter tarmoqlari alohida bo’lib rivojlangan bo’lsa, XXI asrning boshlarida ushbu ikki tarmoq yana birlashib xizmatlari bitta platforma orqali foydalanuvchilarga taqdim yetish masalalari ishlab chiqildi. Bugun kunda kompyuter tarmoqlari deganda faqatgina biz foydalanib kelayotgan an’anaviy kompyuter tarmoqlari tushunilmasdan balki, raqamli qurilmalarining barcha, masalan, mobil telefonlar, raqamli televizorlar, barcha turdagi PDA (personall digital assistant)lar, gadjetlar, soatlar, maishiy texnikalar va x.k.larni tushunish mumkin. Ushbu ma’ruzada asosan mobil aloqa tarmoqlari va avlodalari muhokama etiladi.
Ko’pchilik insonlar “Mobil tarmoqlari” degan so’zni oddiy simsiz tarmoqlarni nazarda tutishadi. Mobil va simsiz tarmoqlar aslida ikki xil turga ta’luqli tarmoq hisoblanadi. Ular o'xshash funktsiyalarni bajarganligi sababli bir xil tarmoqdek tuyuladi, ammo ular mutlaqo boshqa tarmoqlardir. Uyali tarmoq odatda 1-rasmda ko'rsatilgandek istalgan joyda jismoniy qurilma yoki mobil telefon/terminal kabi tavsiflanadi. Mobil terminal mustaqil quuvat ta'minotiga ega ya’ni batareyadan quvvatlanadi va qurilmani mijoz ulangan mobil operatorining tarmog’iga ulanishi va uning hududda tashib yurish, tarif rejasiga binoan ma’lumot uzatish va qabul qilishi mumkin.
|
| |