• Reja
  • Bajargan: Joldasov n qabul qilgan: Shaniyazova Z




    Download 0.58 Mb.
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.58 Mb.
    #204632
    Bog'liq
    Joldasovnurjan
    albom, ИИБга ХАТ), 11, 1-amaliy ishi, MT Amliy ish 5, abbos 2-m.i, 1-amaliy ishi, 5-mustaqil ishi, Интерполяция сплайнами.ru.uz, Shaxsiy yillik ish rejasi-fayllar.org, 610958, Gulmirzayev Asilbek Kurs ishi, Документ Microsoft Office Word, Метод беседы, Falsafa 1
      Bu sahifa navigatsiya:
    • Reja

    Bajargan: Joldasov N Qabul qilgan: Shaniyazova Z


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta`lim Fakulteti
    Raqamli iqtiodiyot yo’nalishi 2-bosqich talabasi Joldasov Nurjanning Pul,kredit va banklar fanidan
    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu: Pul aylanmalarining iqtisodiy mohiyati va tarkibi

    Reja:

    • Kirish.
    • Asosiy qism:
    • To’lov aylanmasi.
    • Naqd va naqd pulsiz pul aylanmasi.
    • Xulosa.
    • Foydalanilgan adabiyotlar

    Pul aylanmasi - bu ma’lum bir davr uchun naqd va naqdsiz shaklda barcha to`lovlarning yig’indisi. Muomala va to`lov vositasi vazifasini bajaruvchi to`lov aylanmasiga naqd va naqdsiz operatsiyalarda pul mablag’lari harakati, shuningdek boshqa to`lov vositalarining harakati: cheklar, veksellar, depozit sertifikatlari, ya`ni pul vazifalarini bajarishga qodir muomaladagi pul vositalari kiradi.

    To`lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag’larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to`lovlarning yig’indisidir. Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi : - Obligatsiyalar – o`z egasiga qat`iy belgilangan foiz ko`rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz. - Davlatning xazina majburiyatlari. - Depozit sertifikatlar –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog’oz. - Jamg’arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog’oz.

    Mamlakat pul muomalasini aks ettiruvchi mamlakat pul aylanmasi quyidagi muomaladan iborat: • Markaziy bank va tijorat banklari; •tijorat banklari va ularning mijozlari (korxonalar, tashkilotlar, aholi); • korxonalar va tashkilotlar, ular va aholi o`rtasida; • jismoniy shaxslar; •banklar va turli moliya institutlari, shuningdek, jismoniy shaxslar o`rtasida.

    Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir. Naqd pul aylanmasi bu pul mablag’larining naqd ko`rinishidagi aylanmasidir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda naqdsiz pul aylanmalarini yuksak darajada rivojlanganligi, naqd pullarga bo`lgan talabni keskin pasayishiga olib keldi. AQSH va Yaponiyada plastik kartochkalarga asoslangan to`lovlar rivojlangan. Evropada plastik kartochkalar va pullik cheklarga asoslangan to`lovlar rivojlangan.

    Naqd pullar aylanishining amal qilishiga doir quyidagicha asosiy tamoyillar ajratib ko`rsatiladi: 1) moliya muassasalari-emitentlarning mavjudligi; 2) bozor qatnashchilarining mablag’larni sarflash yuzasidan iqtisodiy erkinligi; 3) ta`sis etilgan milliy pul birligining amal qilishi; 4) nazorat qiluvchi organlar oldida tushumlar va xarajatlar hajmlari uchun hisobotchilikni amalga oshirish mumkinligi; 5) pul mablag’lariga egalik qilishning legitimligi.

    Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi: 1) Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (Tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat banklarida naqd pulga bo`lgan qo`shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd pul olish uchun buyurtma beradilar. 2) Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtrishda. Markaziy Banklarning tuman va shahar filiallari bo`lmaydi, shu sababli ular davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirish maqsadida tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishga majbur bo`ladilar.

    Hozirgi davrda AQSH, Germaniya, Fransiya, Kanada va Braziliyada muomaladagi naqd pul tendensiyasi kuzatilmoqda. Lekin bu davlatlarda naqd pullarning muomladagi pul massasining salmog’I yuqori emas. Kanada – 3.6% Braziliya – 3.8% AQSH - 4.9% Frantsiya – 8.5%


    Download 0.58 Mb.




    Download 0.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajargan: Joldasov n qabul qilgan: Shaniyazova Z

    Download 0.58 Mb.