|
OSI – modeli TCP/IP – stek protokolli
|
bet | 4/14 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #234941 |
Bog'liq Bakalavr bitiruv ishi
1.4 rasm. OSI modeli va TCP/IP stek protokolli
ISO/OSI modeli kompyuter tarmoqlari rivojida asosiy rol o‘ynadi. OSI modelida o‘zaro aloqa vositalari yettita sathga bo‘linadi:
ilova (Application);
taqdim etish (Presentation);
seans (Session);
transport (Transport);
tarmoq (Network);
kanal (Data Link);
fizik (Physical).
Eng yuqori daraja ilova darajasi hisoblanib, bunda foydalanuvchi dasturlar bilan ma‘lumot almashadi. Eng quyi daraja esa, fizik daraja hisoblanadi. Bu darajada qurilmalar o‘rtasidagi signal almashinuvini ta‘minlaydi. Aloqa kanallari orqali ma‘lumot almashinuvi ma‘lumotning yuqori darajadan pastki darajaga uzatish, keyin aloqa liniyalari orqali transportirivka qilish va nihoyat mijoz kompyuterida ma‘lumotni quyi darajadan yuqori darajaga uzatish orqali amalga oshiriladi.
TCP/IP protokolli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o'rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyihalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo'l qo'yish ehtimoli katta tarmoqlarga mo'ljallangan. Bu protokoll dunyo kompyuter tarmog’i internetda qabul qilingan, abonentlarning ko'p qismi oddiy telefon aloqa yo'llariga ulanadilar. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan SMTP, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi kichik tezlikda ishlashi. Internet kabi katta tarmoqlarda tarmoqlararo axborot almashinuvi TCP/IP protokollar steki orqali amalga oshiriladi. TCP/IP protokollar stekining asosiy afzalligi uning har xil unumdorlikka ega bo'lgan tarmoq qurilmalari o'rtasida ishonchli aloqani ta'minlashida. TCP/IP protokollari xabarlarni uzatish mexanizmini taqdim qiladi, xabar formatini tavsiflaydi va xatoliklarga qanday ishlov berish kerakligini ko'rsatadi. Bu protokollar qurilma turiga bog’liq bo'lmagan holda ma'lumotlarni uzatish jarayonini tavsiflash va tushunish imkonini beradi [4].
|
| |