Ta’lim strategiyasi
“Yo’nalishga kirish” fanini 1 kurs talabalariga o‘qitish ta’limning kredit tizimi
asosida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, videoma’ruzalar, taqdimotlar
hamda mavzu bo‘yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o‘z ichiga oladi. Ma’ruza,
amaliy ishlarga oid o‘quv materiallarda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha nazariy va
amaliy ma’lumotlar beriladi, amaliy ishlarni, mustaqil ishlarni bajarish va natijalarni
hisoblash tartibi tushuntiriladi. Kurs bo‘yicha qo‘yilgan o‘quv materiallari talabalar
tomonidan mustaqil o‘rganiladi, testlar, amaliy ishlar talabalar tomonidan individual
tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:
• Video ma’ruzalar;
• Elektron shakldagi ma’ruza matnlari;
• Har bir mavzuga doir prezentatsiya slaydlari;
• Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarga doir uslubiy ko‘rsatmalar;
• Har bir dars mavzusi yuzasidan topshiriqlar va mashqlari va masalalar;
• Elektron shakldagi darsliklar va qo‘llanmalar.
Nazariy mashg‘ulotlar davomida, talabaga ma’ruza orqali mavzu yuzasidan
kerakli bo‘lgan konsepsiyalar yetkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada
mustahkamlashlari uchun prezentatsiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa
o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Talabalar
mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida, har bir mavzudan so‘ng
elektron ta’lim platformasida sinov (test) nazoratlaridan o’tadi. Shu yo’l bilan talaba
o’zining mavzulardan olgan bilimini tekshirib boradi.
Amaliy mashg‘ulotlarida har bir mavzu bo‘yicha masalalar va ko’rsatmalar
bo‘yicha materiallar, prezentatsiyalar, ko‘rsatmalar talabalarga taqdim etiladi,
shuningdek, mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar
beriladi. “Yo’nalishga kirish” fanidan o’quv-uslubiy majmuada keltirilgan
masalalarni mustaqil ishlash talab etiladi.
Darslik. Toshkеnt. 2011. 176- bet.