• Foydalanilga adabiyotlar.
  • Bank huquqi. Mavzu: Markaziy bankning nobank tashkilotlari bilan munosabati




    Download 20.32 Kb.
    bet2/2
    Sana10.06.2023
    Hajmi20.32 Kb.
    #71837
    1   2
    Bog'liq
    Mustaqil ish Khomidov Sarvar
    Menschen A2.2 AB unlocked, f452a155e69a0abec63a07b937e81eee ELEKTR O’LCHOV ASBOBLARI VA ELEKTRIK O’LCHASHLAR (1), 3-m, 11-sinf Informatika nazorat ishi, Alisher Navoiy hayoti va ijodi1, maruza matni algebra1-2007, variant, Mustaqil talim 1(050-051-052) (1), yulduz diplom ishi, 4-.АМАЛИЙ, A half hour later the tribe was again upon the, A rumblıng no1se, which might have been either a, And just as Teeka sprang for the lower limb of a, Another mile and a shifting wind brought to his
    Markaziy bank-mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda tulov tizimining barqaror faoliyati uchun masul bulgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to'lov tashkilotlar, va bir necha nobank kredit tashkilotlar (mikromoliya, lombardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
    Yo'qorida aytib o'tilganidek O'zbekiston Respublikasida nobank tashkilotlarini letsinzyalash, ularni qaytib olish va ular ustidan nazorat faoliyatini yo'ritish O'zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag’lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming evro ekvivalenti miqdorida pul mablag’lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o`z a`zolaridan depozitlar qabul qilish huquqiga ega. SHu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.
    Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta`minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo`lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German SHultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo`lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko`mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo`lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYUSHMALARI ASSOTSIATSIYASINI tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta`minlash bilan shug’ullangan.
    Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo`lib, u uyushma a`zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida xizmat ko`rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a`zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a`zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko`rsatishdan iborat.
    Kredit uyushmalarni ro`yxatdan o`tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo`lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Yukorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo`lib o`zining a`zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko`rsatishdan iboratdir.
    Markaziy bank to`g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to`g’risida”gi qonunga ko`ra kredit uyushmalari faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo`lgan moliya operatsiyalarini o`tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi.
    Quyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:
    O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
    O`zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi qonuni;
    O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me`yoriy hujjatlari.
    Kredit uyushmasining ta`sis hujjati bo`lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a`zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko`ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.
    Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o`z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya`ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo`ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash uchun mo`ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o`sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o`sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o`sishga bog’liqdir.
    Kredit uyushmasi kooperativ bo`lib, unga a`zo bo`lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o`sishi yoki tushib ketishi mumkin bo`lgan aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari bo`yicha dividendlar to`lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo`lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.
    Hozirgi kunga kelib Resbulika hududida 30dan ortiq kredit uyushmalari faoliyat ko`rsatishmoqda, undan tashqari davlat va kredit uyushmalari orasidagi aloqani yanada yaqinroq va tezroq amalga oshirish maqsadida “O`zbekiston Respublikasi Kredit Uyumalari Assotsiatsiyasi” tashkil etilgan bulib ular nobank tashkilotlari faoliyatini tartibga solib turadi.
    Kredit uyushmasi a`zolarining mumiy yig’ilishi:
    ustavga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritadi, ustav fondini ko`paytirish yoki kamaytirishga doir o`zgartishlar bundan mustasno;
    daromadning bir qismini kredit uyushmasining a`zolariga to`lash tartibini tasdiqlaydi;
    kredit uyushmasi a`zolari orasidan kengash, kredit qo`mitasi, taftish komissiyasi a`zolarini saylaydi, ularning vakolatlarini bekor qiladi;
    yillik moliyaviy hisobotni, kengash, ijroiya organi, kredit qo`mitasi va taftish komissiyasining hisobotlarini tasdiqlaydi;
    auditorlik tashkilotini va u bilan shartnoma tuzish shartlarini belgilaydi;
    kredit uyushmasini tugatish va qayta tashkil etish to`g’risida qaror qabul qiladi.

    3. O'zbekiston Respublikasidagi nobank tashkilotlari.
    Hozirgi paytda O'zbekiston Respublikasida nobank tashkilotlari soni kupayib borayotganligi sababli ularni yanada rivojlantirish va tartibga solish maqsadida ularga qulayliklar yaratilmoqda. Xususan O'zbekiston Respubllikasi Prezidentining mikromoliya va mikromoliyalashtirish sohasini yanada rivojlantirishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentining 2019-yil 23 iyuldagi "Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-4400 sonli qarori qabul qilindi.
    Unga kura nobank kredit tashkilotlari ko'rsatadigan xizmatlar doirasi kengaytirildi va mikromoliyaviy xizmatlar hajmi oshirildi. Bugungi kunda respublikada 63 mikromoliya tashkiloti va 64 Lombad faoliyat ko'rsatmoqda. Joriy yilning 1-yanvar holatiga kura 1010 mlrd. so'mi tashkil etdi va bu kursatgich utgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga o'sishi taminlandi. shu davrda kredit portfili 23.7 foizga o'sib 935 mlrd. so'mga yetdi.
    Nobank kredit tashkilotlari sohasini yanada izchil isloh qilish, faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni tizimlashtirish va unifikatsiyalash maqsadida "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash to'g'risida"gi qonun loihasi ishlab chiqildi.
    Ushbu loyiha Prezidentning 2020 yil 12 maydagi "2020-2025 yillarga muljallangan O'zbekiston Respubllikasining Bank tizimini isloh qilish stratigiyasi to'g'risida"gi PF-5992 sonli farmoni ijrosi doirasida tayyorlandi. Bulardan tashqari O'zbekiston Respubllikasi Markaziy bankining vakolat doirasi yanada kengaytirildi, yani Lombardlar o'z faoliyatini boshlashi to'g'risida markaziy bankga xabarnoma junatganidan so'nggina o'z faoliyatini boshlashi, nobank tashkilotlarining ustidan to'la nazorat olib borish va boshqalar.
    Hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat olib borayotga bazi mikromoliya tashkilotlar.

    1. "Kapital plyus mikrokredit tashkiloti".

    2. "Kafolatli sarmoya mikrokredit tashkiloti".

    3. "Oltin yulduz plyus mikrokredit tashkiloti".

    4. "GRAND-INVEST mikrokredit tashkiloti".

    5. "Yengil kredit mikrokredit tashkiloti".

    6. "Vodiy taraqqiyot kredit mikrokredit tashkiloti".

    7. "INVEST HAMKOR PLYUS mikrokredit tashkiloti" va

    shu kabi boshqa kuplab mikrokredit tashkilotlari hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat yuritmoqda.
    Hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat olib borayotga bazi Lombard tashkilotlar.

    1. "Lombard sharq kredit" MCHJ.

    2. "Lombard hamkor-kredit" MCHJ.

    3. "To'y-tepa kredit lombard" MCHJ.

    4. "Yangi yo'l ishonch kredit lombard" MCHJ.

    5. "Daromad invest lombard" MCHJ.

    6. "Lombard Sergeli kredit" MCHJ.

    7. "Ixlos invest" MCHJ.

    8. "Lotos kredit" MCHJ.

    9. "GOLDEN-KREDIT" MCHJ.

    10. "ASAKA LOMBARD" MCHJ. va

    shu kabi boshqa ko'plab Lombard tashkilotlari hozirda O'zbekiston Respubllikasi hududida faoliyat yuritmoqda.

    XULOSA.
    Xulosa qilib shuni aytish mumkunki hozirda nobank tashkilotlari O'zbekiston Respubllikasini yanada rivojlanishi, taraqqiy etishida o'z o'rniga ega tashkilotlar bulib buning uchun O'zbekiston Respubllikasi tomonidan yangidan yangi qulayliklar yaratilib berilmoqda, va bular nobank kredit tashkilotlar rivojiga xizmat qiladi.

    Foydalanilga adabiyotlar.
    1.Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007 yil, 348 bet..
    2.A.A.Omonov, T.M.Qoraliev. “Pul, kredit va banklar”. Darslik. TMI..Toshkent – 2012.489 bet.
    3. www.cbu.uz
    4. www.cer.uz
    Download 20.32 Kb.
    1   2




    Download 20.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bank huquqi. Mavzu: Markaziy bankning nobank tashkilotlari bilan munosabati

    Download 20.32 Kb.