• Qabul qildi : Axmedov Sh.
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM
  • Аsosiy tushunchalar
  • Banklarda buxgalteriya hisobi




    Download 0.6 Mb.
    bet1/8
    Sana28.02.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #163660
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Банкларда накд пулсиз хисоблар
    Tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonini kiritish va foydalanish, Тадбиркорлик ва кичик бизнес. Дарслик 2 мавзу, Menejment, Menejment prezentatsiyf

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

    “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan

    Taqdimot

    Mavzu: Banklarda naqd pulsiz hisob kitoblar.

    Bajardi : 93-2 guruh talabasi Isayev D.

    Qabul qildi : Axmedov Sh.

    Toshkent-2023

    Reja :

    • 1) Asosiy tushunchalar.
    • 2) O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi NIZOM.
    • 3) Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar.
    • 4) To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar.
    • 5) To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar.
    • 6) Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar
    • 7) Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

    • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOM O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
    • Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lov hujjatlaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini belgilaydi, bundan budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mustasno.

    Аsosiy tushunchalar

    • 1-son kartoteka — to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
    • 2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
    • akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
    • aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
    • operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;
    • valyutalash sanasi — to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi;
    • masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
    • mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;

    Download 0.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.6 Mb.