Sug‘urta bozori statistikasi




Download 59.88 Kb.
bet1/10
Sana22.06.2023
Hajmi59.88 Kb.
#74984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
stat
Ahmadov Bunyodbek Xursan o, HTML code, ANALITIK, FIZKOLOID VA BIOKIMYO laboraoriya

SUG‘URTA BOZORI STATISTIKASI





  1. Sug‘urta bozori statistikasining predmeti va vazifalari

Sug‘urta moliyaviy faoliyatning bir turi bо‘lib, uning maqsadi korxonalar, tashkilotlar va xususiy shaxslarga sug‘urta riski sodir bо‘lgan taqdirda zararlarini о‘rnini ular tomonidan tо‘langan pul mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan sug‘urta fondidan qoplash hisoblanadi.


Sug‘urta riski - kishilarning ongli faoliyatiga bog‘liq bо‘lmagan holda (halokat, yо‘l fojiasi, avariya, suv toshqini, yer qimirlashi, qurg‘oqchilik, о‘lim, krizis hamda boshqa tabiiy va sotsial falokatlar) rо‘y berishi ehtimoliga va tasodifiga ega bо‘lgan voqealardir.
Sug‘urtaning obyektlariga quyidagilar kiradi:

  1. shikastlangan mol-mulkdan kelgan zararni qoplash bо‘yicha moddiy manfaatlar;

  2. shaxsiy hayot, sog‘liq, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq bо‘lgan xatarlar;

  3. mas’uliyat xatarlari, ya’ni sug‘urtachining qoplanmagan qarzlari, mahsulotni muddatida yetkazib bermaslik, uchinchi tomonga zarar yetkazilish va boshqalar bilan bog‘liq bо‘lgan potensial yо‘qotishlari.

Obyekti bо‘yicha sug‘urta quyidagi tarmoqlarga bо‘linadi: mulkiy, shaxsiy va ma’suliyat sug‘urtasiga. О‘z navbatida sug‘urta tarmoqlari tarmoqchalarga va yana alohida turlarga bо‘linadi. Mulkiy sug‘urtalashda korxonalar, tashkilotlarni mulkchilik shakllari bо‘yicha (davlat, kooperativ, aksionerlik, yakka holdagi va boshqalar) ajratiladi, shu jumladan turlari bо‘yicha
-binolarni, qurilmalarni, xom-ashyolarni, materiallarni, yoqilg‘ini, transport vositalarni, uy-xо‘jaligi mulklarini va boshqalarni sug‘urtalash. Shaxsiy sug‘urtalash tarmog‘ida - hayotni sug‘urtalash quyidagi turlarga bо‘linadi: sog‘liqni, mehnat qobiliyatini, pensiyalarni (yoshi bо‘yicha, invalidlik, baxtsiz hodisalardan va boshqalar) sug‘urtalash va boshqalarga.
Ma’suliyatni sug‘urtalash quyidagi turlarga bо‘linadi: avtotransport vositalari egalarining, yuk tashishning, tadbirkorlik va moliyaviy xatarlarning hamda boshqalarning fuqarolik ma’suliyatlariga.
Obyektlarni turlari bо‘yicha sug‘urtalash ikki shaklda olib boriladi: majburiy va ixtiyoriy. Majburiy sug‘urtalash davlat tomonidan qonun asosida amalga oshiriladi, ya’ni bunda sug‘urtaning obyektlari, turlari, shartlari va qoidalari, shuningdek sug‘urtalovchi va sug‘urta qilinuvchining huquqlari va majburiyatlari, tarif stavkalari va boshqalar aniqlab berilgan bо‘ladi.
Majburiy sug‘urtalashga fuqarolarning sotsial va meditsina sug‘urtasi, yо‘lovchilarni sug‘urtalash, notarius va bojxona brokerlarining kasbiy ma’suliyatini sug‘urtalash, diniy tashkilotlarga ijaraga berilgan, davlat korxonalari va davlat qurilishlari mol-mulkini sug‘urtalash, fuqarolarning mulki hisoblangan turar joylar, dala xovlilar, bog‘ uylar, xо‘jalik qurilmalari va boshqalar kiradi.
Ixtiyoriy sug‘urtalash sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi tomonlar

о‘rtasidagi shartnomaga asoslanadi, uning aniq shartlari amal qilib turgan qonunchilik doirasida sug‘urtalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda о‘rnatiladi. Ixtiyoriy ravishda korxonalar va tashkilotlarning turli xil moddiy boyliklari, moliyaviy xatarlar, buzish yо‘li bilan о‘g‘irlanadigan uy-joy mulki, yong‘indan, vodoprovodning avariyasidan, qо‘shimcha pensiya bilan ta’minlash va tibbiy sug‘urtasi va boshqa mol-mulk, sotsial, shaxsiy, maishiy xarakterdagi risklar sug‘urtalanadi.
Sug‘urta bozorining kо‘rib chiqilgan kategoriyalari sug‘urta tashkilotlari ishini tashkil qilishda, shuningdek sug‘urta statistikasini tashkil qilish uchun ham asos hisoblanadi.
Sug‘urta obyektlarini о‘rganish uchun maxsus ma’lumotlarni tо‘plash va ularni iqtisodiy-statistik tahlil qilish zarur. Bu ishni sug‘urta statistikasi bajaradi. Sug‘urta statistikasining predmeti – sug‘urta faoliyatini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishni о‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir, obyekti – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar о‘rtasidagi bitimlar.
Sug‘urta statistikasi о‘rganish predmeti va obyektiga muvofiq quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Sug‘urta kompaniyalarini statistik hisobot shakllari bilan ta’minlash;

  • Sug‘urta ishi haqida ma’lumotlarni tо‘plash va qayta ishlashni tashkil etish;

  • Tо‘plangan ma’lumotlarni tartibga solish (guruhlash, svodkalash, jadvallar, grafiklar);

  • Ixtiyoriy (shaxsiy mol-mulkni, javogarlikni) va majburiy sug‘urta kо‘rsatkichlarini va tarif stavkalarini hisoblash va tahlil qilish;

  • Sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy-moliyaviy kо‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish;

  • Statistik kо‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish bо‘yicha statistik metodologiyani takomillashtirish.

Sug‘urta statistikasining muhim vazifalaridan biri, aktuar matematikada modellar bо‘yicha hisoblangan standart natijalarni (risklarni baholash; risklarni har biri bо‘yicha va barchasi uchun birgalikda kо‘rilgan zararni hisoblash; sug‘urta hodisasining chastotasini baholash va h.k.) integratsiya qilish hisoblanadi.



  1. Download 59.88 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 59.88 Kb.