Bankni raqamlashtirishda axborot pptx




Download 5,52 Mb.
bet1/2
Sana08.01.2024
Hajmi5,52 Mb.
#132414
  1   2
Bog'liq
BANKNI RAQAMLASHTIRISHDA AXBOROT


BANKNI RAQAMLASHTIRISHDA AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
ma’ruzachi Mexmonov Rustam
TOSHKENT MOLIYA VA IQTISODIYOT INSTITUTI
REJA:
1. IABS – integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi
Axborot texnologiyalar (IT) sohasidagi har qanday qaror mavjud axborot va texnologik muhit bilan qo‘llab quvvatlanishi kerak. Tarmoqlar, serverlar, ishchi stansiya va boshqa texnik jihozlar har qanday dastur mahsulotining tizim talabi ro‘yxatiga kirishi mumkin.
IABS – integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi
    • Tizimli talab, odatda quyidagi apparat va dastur vositalarining texnik parametrlari bilan belgilanadi:
    • protsessorlar bilan — tizim boshqaruvini bajaradigan va ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan qurilma;
    • tizim xotirasi bilan—axborotni saqlash uchun taqdim etilgan ko‘plab qurilmalar bilan;
    • interfeyslar bilan — texnik qurilmalar mexanizmlarining o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabati;
    • kommunikatsiya tizimi yoki tarmoq bilan — tizim komponentlari orasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan tuzilish va mexanizmlar;
    • operatsion tizimlar bilan — tizimning texnik komponentlari bilan boshqarish uchun funksiyalarning asosiy to‘plami bilann ta’minlaydigan dasturiy ta’minot.

IABS – integrallashgan avtomatlashtirilgan bank tizimi
Oddiy tizimlar uchun bitta kompyuterga talab belgilanadi. Odatda bu barcha tizim ishini ta’minlay oladigan shaxsiy kompyuter. Bunday arxitektura markazlashtirilgan tizim deb ataladi. Kompyuter asoslanadigan kuchiga ko‘ra markazlashtirilgan tizimlar yanada global vazifalarni hal etishlari mumkin. SHaxsiy kompyuterni ko‘p foydalanuvchili katta, supermini yoki miniEHMga almashtirish yagona markaziy tizim doirasidagi ko‘plab vazifalarni markazlashtirishga imkon beradi. Biroq ushbu qarorning yuqori narxi, shuningdek, etarlicha mutaxassis yo‘qligi hamda markaziy kompyuterga asoslangan dasturiy echimlarning kam soni bu kabi tizimlardan foydalanishni chegaralaydi.
Murakablik, axborot hajmi va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan jarayonlar o‘sishi natijasida texnik talablar bitta qurilma chegarasidan chiqadi va taqsimlangan tizimlar yaratilishiga olib keladi.
Taqsimlangan hisoblash - qayta ishlash tarmoqqa ulangan bir nechta kompyuterlar bilan amalga oshiriladigan kompyuter tizimi. Bunda shakliga ko‘ra istalgan kompyuter tizimi mavjud va har bir kompyuter o‘z vazifasini yuajaradi, tarmoq esa tizim ishlashini bir butun sifatida qo‘llab quvvatlaydi.
«Mijoz-server» — taqsimlangan hisoblash muhiti modeli, bunda vazifaning interfeys qismi foydalanuvchi mashinasida amalga oshiriladi, ko‘p resurslarni talab qiluvchi so‘rovlarni qata ishlash bir yoi bir necha serverlar bilan amalga oshiriladi.
«Mijoz-server» texnologiyalari axborot tizimni tashkil etuvchi ixtisosliklar tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki turdagi komponent: server va foydalanuvchining ish o‘rni (Desktop) belgilanadi.
Server —ixtisoslashtirilgan yoki umumiy vazifalarni echish uchun xizmat qiladigan dasturiy ta’minotdir.
Foydalanuvchining ish o‘rni – bu konkret foydalanuvchi vazifasini echish uchun, masalan, tizimning foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan axborot tizimi komponentlaridir.
Ma’lumotlar bazasi serveri saqlash, qayta ishlash va strukturalangan axborotga kirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda qarorlar uchun eng ko‘p SQL so‘rovlar tilini qo‘llab quvvatlovchi ma’lumotlarning relyasion bazasi serverlari foydalaniladi. Ularga SUBD ORACLE, Microsoft SQL, DB2, SYBASE kiradi.
Internet-server internet kelishuvi va qoidalariga mos keladigan axborotni etkazadi. Eng oddiy holatda esa – xuddi shunday faylli server bilan bir xil. Biroq, internet-server tushunchasi, odatda, axborotni qayta o‘zgartirish bilan bog‘liq qo‘shimcha servislar to‘lamini ham qamrab oladi. Eng ko‘p tarqalgan serverlar APACHE va Internet Information Server (IIS) hisoblanadi.
“Mijoz-server” arxitekturasidan farqli klaster qat’iyan boshqa tarkibga ega. Bular tugatilmagan vazifalar, tizimning turli komponentlari bilan bajariladigan alohida funksiyalar esa – alohida qurilma kabi turli hisoblash tizimlarini tashkil etuvchi majmua hamdir.

Download 5,52 Mb.
  1   2




Download 5,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bankni raqamlashtirishda axborot pptx

Download 5,52 Mb.