• Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
  • «barkamol avlod yili» davlat dasturi to'G'risida




    Download 20.51 Kb.
    Sana04.04.2017
    Hajmi20.51 Kb.
    #2994

    2010 - yil Barkamol avlod yili

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori



    «BARKAMOL AVLOD YILI» DAVLAT DASTURI TO'G'RISIDA

    (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 5-son, 37-modda, 17-son, 130-modda; 2011 y., 9-son, 84-modda)

    Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida 2010 yilning «Barkamol avlod yili» deb e'lon qilingani munosabati bilan:

    1. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi tasdiqlansin. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilansin:

    bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish;

    «Sog'lom ona — sog'lom bola» dasturini izchil amalga oshirish asosida sog'lom avlodni voyaga etkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog'liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog'lom bolalar tug'ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog'liq masalalar yuzasidan aholi o'rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;

    tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e'tibor qaratgan holda, o'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlash, davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;

    ta'lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, mulьtimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o'quv yurtlarida o'qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta'lim muassasalarining o'quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o'quv va laboratoriya uskunalari, kompьyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o'qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish bo'yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;

    zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o'zlashtirish;

    yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta'minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;

    iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirishning muhim yo'nalishi, aholi va o'rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo'lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;

    ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

    yosh oilalarga g'amxo'rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan sog'lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

    yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo'lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, tuban «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklansin.

    3. «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi (Sh. M. Mirziyoev):

    ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik, idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo'yicha hududlar hamda tarmoqlarga oid «Barkamol avlod yili» dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta'minlasin;

    mazkur Dasturning bo'limlari va bandlarini davlat hamda xo'jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida to'liq va o'z vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o'rnatsin;

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorak yakuni bo'yicha «Barkamol avlod yili» Davlat dasturida tasdiqlangan tadbirlarning bajarilishi to'g'risida axborot taqdim etsin.

    4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. M. Mirziyoev) Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari rahbarligida Dasturni amalga oshirish bo'yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta'minlasin, ularning zimmasiga Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlarni so'zsiz va to'liq amalga oshirish bo'yicha shaxsiy javobgarlik yuklasin.

    5. O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari:

    aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng tushuntirish;

    Dasturning amalga oshirilishi to'g'risida muntazam axborot berib borish, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, jamoat va nohukumat tashkilotlarning Dasturda ko'zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha qo'shgan amaliy hissasini yoritishni ta'minlasin.

    6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

    Toshkent sh.,



    2010 yil 27 yanvar,

    PQ-1271-son

    Download 20.51 Kb.




    Download 20.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «barkamol avlod yili» davlat dasturi to'G'risida

    Download 20.51 Kb.