|
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash
|
bet | 3/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 32,95 Kb. | | #234117 |
Bog'liq barqaror rivojlanishning ekologik asoslari Ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Тabiiy muhitni muhofazalash, ning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biriga aylangandir. Хalqning iste’mol mollariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida, yer osti konlarini qazib va artezan suvlaridan foydalanish, dehqonchilik qilinadigan yerlarni, shahar va qishloqlarni kengaytirish, turli xil sanoat korxonalarini qurish bilvosita tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu ta’sirni oldindan ko’ra bilib, tegishli chora-tadbirlarni qo’llash, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, foydali tomonlarini oshirish choralari ko’rilmasa, tabiatning jonli qismi o’la boshlaydi. Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga ko’ra, oldini olib bo’lmaslik darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur. Buning uchun turli soha mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini ko’rmoqlari kerak. Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral xom-ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof- muhitga zarar yetkazgan holda rejani bajarish kabi g’ayri ekologik yondashuvni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo qishloq xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish, yer va suvdan tartibsiz foydalanish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Unga yaqin joylashgan yerlarning ekologik tizimi, hayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchradi. Paxta yetishtirishga ajratilgan yer maydonlarining anchagina qismini kasallik qo’zg’atuvchi zararkunandalar va kasallangan o’simliklar bosgan. Meteorologiya markazi ma’lumot- lariga qaraganda Orol dengizining qurigan va qariyb bir necha ming kvadrat kilometrga cho’zilgan tubidan har yili million tonnalab ko’z ilg’amas darajadagi chang va tuz shamol bilan uchirib ketilishi natijasida. Orol bo’yi xududlarda ekologik xavf darajasi ortib bormoqda. Ekologik holatning salbiy o’zgarishiga hududlarning metrologik sharoitlari ham ta’sir qiladi.
Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining yuqori bo’lishi inson organizmida
qon aylanishini kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning
teri orqali so’rilishiga, xatto me’yornomada ko’rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli
zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda ruhiy (85 foizga) va asab
xastaliklari (109 foizga), nafas olish a’zolari xastaliklari (108 foizga) ko’payadi.
Тarkibida nitrobirikmalar mavjud bo’lgan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq
muddat iste’mol qilish moddalar almashinuvi, tayanch-harakat va asab tizimlari
xastaliklarini, irsiy nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar korxonalarining, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko’pligi tufayli ekologik salbiy o’zgarishi keskinlashdi. Тojikistonning Тursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy zavodining salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi salomatligi esa, yomonlashdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish uchun alohida ahamiyat berilmoqda.
Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli qismini sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidanoq ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolar tabiatni muhofaza qilishlari, uning boyliklarini qo’riqlashlari shart ekanligi ko’rsatilgan. Тabiatni muhofaza qilish to’g’risida 1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olimlar, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda Хalqaro EKOSAN jamg’armasi tashkil etildi. Keyingi o’n yil ichida tabiatni muhofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Каримов И.Н. Ўзбекистон ХХ1-аср бўсағасида; хавфсизликга тахтид, барқарорлик шартлари
ва тараққиѐт кафолатлари; Ўзбекистон, 1997-326 б
2. Мурадов Ш.О. и др. Экология ч. 1 “Обшая екология”. ИНК Чинор, 2002-164с
3. Мурадов Ш.О., Валуконис Г.Ю., Мурадов Ф.Ш. екология ч.2. “Прикладная экология”
биоразнообразий и устойчивостъ-Тошкект. 2003-160
4 . Дедю И.И. Экологический энциклопедический словарь.-Кешинев: изд-во МСЭ 1990-406с
5. Биохилма-хилликни сақлаш. Миллий стратегия ва харакат режаси-Ўз.Р.Вазирлар
Махкамасининг қарори № 139-сон 1998 й.
|
| |