|
Barqaror tok generatori. Reja
|
bet | 3/9 | Sana | 08.12.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #114082 |
Bog'liq 11-MA\'RUZAOperasion kuchaytirgichlarda UCHIQ sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi (2 - rasm). Signal mavjud bo‘maganda UKIR kirish potensiali oldingi bosqich chiqish kuchlanishining o‘zgarmas tashkil etuvchisi qiymatiga teng bo‘ladi. UCHIQ chiqish potensiali siljitish sxemasi hisobiga kattalikka kamayadi. IE1 tok barqaror bo‘lganligi sabablisiljish kuchlanishi ham o‘zgarmas bo‘ladi. - Operasion kuchaytirgichlarda UCHIQ sathini siljitish VT1 tranzistorda bajarilgan emitter qaytargich asosida amalga oshiriladi. Uning emitter zanjiriga R1 rezistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlarda bajarilgan barqaror tok generatorlari ulanadi (2 - rasm). Signal mavjud bo‘maganda UKIR kirish potensiali oldingi bosqich chiqish kuchlanishining o‘zgarmas tashkil etuvchisi qiymatiga teng bo‘ladi. UCHIQ chiqish potensiali siljitish sxemasi hisobiga kattalikka kamayadi. IE1 tok barqaror bo‘lganligi sabablisiljish kuchlanishi ham o‘zgarmas bo‘ladi.
- 11.3. Differensial kuchaytirgichlar
- Differensial kuchaytirgich (DK) deb ikki kirishga ega bo‘lgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signal kirish signallari farqiga proporsional bo‘ladi.
- 3 – rasmda sodda simmetrik DK sxemasi keltirilgan. Kuchaytirgich ikkita simmetrik yelkaga ega bo‘lib, birinchi yelka VT1 tranzistor va RK1 rezistordan, ikkinchi yelka esa VT2 tranzistor va RK2 rezistordan tashkil topgan. Sxemaning dastlabki ish rejimi IE toki yordamida ta’minlanadi. Bu tokning barqarorligi esa barqaror tok generatori (BTG) tomonidan ta’minlanadi.
- 3 – rasm.
Mazkur sxema 1 – rasmdagi sxemaga aynan o‘xshashligini kuzatish mumkin. Buning uchun R2 va R3 rezistorlarni VT1 va VT2 tranzistorlar bilan almashtirish va R1= RK1, R4= RK2 deb hisoblash kerak. Agar RK1 va RK2 qarshiliklar bir – biriga teng bo‘lsa va VT1 tranzistor parametrlari VT2 niki bilan bir xil bo‘lsa, u holda bu sxema simmetrik bo‘ladi. - Mazkur sxema 1 – rasmdagi sxemaga aynan o‘xshashligini kuzatish mumkin. Buning uchun R2 va R3 rezistorlarni VT1 va VT2 tranzistorlar bilan almashtirish va R1= RK1, R4= RK2 deb hisoblash kerak. Agar RK1 va RK2 qarshiliklar bir – biriga teng bo‘lsa va VT1 tranzistor parametrlari VT2 niki bilan bir xil bo‘lsa, u holda bu sxema simmetrik bo‘ladi.
- Amaliyotda to‘rtta ulanish sxemalardan ixtiyoriy biridan foydalanish mumkin: simmetrik kirish va chiqish, simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish, nosimmetrik kirish va chiqish. Simmetrik kirishda kirish signali manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlarning bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari oralig‘iga (tranzistorlarning kollektorlari orasiga) ulanadi.
|
| |