• Amaliy daraja.
  • Baxromova Madinaning kompyuterning dasturiy ta’minoti




    Download 284.88 Kb.
    bet2/7
    Sana27.05.2022
    Hajmi284.88 Kb.
    #22151
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    prezintatsiya

    Intеllеktual robotlar. Bu yo’nalish oldindan quyilgan manzil va maksadga erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug’ullanadi.
    Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.
    Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.
    Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tizimning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi.
    Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan.



    Download 284.88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 284.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baxromova Madinaning kompyuterning dasturiy ta’minoti

    Download 284.88 Kb.