• 2. Amaliy dasturlar. Ularning ko‘rinishi
  • Baxromova Madinaning kompyuterning dasturiy ta’minoti




    Download 284.88 Kb.
    bet4/7
    Sana27.05.2022
    Hajmi284.88 Kb.
    #22151
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    prezintatsiya

    Utilitalar foydalanuvchilarga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarini (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va fayllar tizimlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi.
    Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yadi;
    - disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni shaklga solish, saqlashni ta’minlash, to‘xtatish va boshqalar yuz berganda uni tiklash imkoniyati);
    - fayl va katologlarga xizmat ko‘rsatish (huddi qobiqlar kabi);
    - arxivlarni yaratish va yangilash;
    - kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish;
    - turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
    - kompyuterni viruslardan himoya qilish.
    Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarini topish va davolashni ta’minlaydi. Virus atamasi bilan turli noma’qul harakatlarni amalga oshirib boshqa dasturlarga kirib olgan holda ko‘payishga qodir bo‘lgan dastur tushuniladi.
    Dasturlashtirish tili translyatori deb, dasturlashtirish tilidan (odatda) mashina kodiga dastur matnini tarjima qilishni amalga oshiruvchi dasturga aytiladi.
    Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi.


    2. Amaliy dasturlar. Ularning ko‘rinishi
    Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan.
    Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
    - turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
    - foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
    Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotnir ishlash bo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi.
    Hozirgi paytda o‘z funksional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud.
    Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir.
    ADPning quyidagi turlari farqlanadi:
    - umumiy vazifadagi (universal)
    - uslubiy yunaltirilgan;
    - global tarmoq;
    - xisoblash jarayoni tashkilotlari.
    Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funksional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.
    Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:
    - matnli va grafik muxarrirlar;
    - elektron jadvallar;
    - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari

    Download 284.88 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 284.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Baxromova Madinaning kompyuterning dasturiy ta’minoti

    Download 284.88 Kb.