|
Feyk yangiliklari nima o‘zi?
|
bet | 2/3 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 5,99 Mb. | | #139696 |
Bog'liq Гиёхвандлик хакида Bayonnoma 15.01.2024Feyk yangiliklari nima o‘zi?
Yaqqol misol — iqlim o‘zgarishiga doir debatlar. Ma'lumotlarning 99,9 foizi ilm-fan tomonidan tasdiqlangan, biroq u iqlim o‘zgarishlarini inkor qilayotganlarning bayonotlari bilan bir qatorda muhokama qilinmoqda. Feyk yangiliklar atamasi faqat so‘nggi bir necha yilda paydo bo‘ldi va bu shunchaki qo‘llash mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi emas. Soxta ma'lumotdan chinini ajrata olmas ekanmiz, yig‘ilib qolgan muammolar yechimini topa olmaymiz. Bu esa haqiqatda tashvish uyg‘otadi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ularga befarq qarab bo‘lmaydi, aks holda vositachiga aylanasiz. Jurnalistlar uchun esa obektivlik ayniqsa muhim. Obektivlik nima ekani hammaga ham ma'lum emas. Ko‘pchilik obektiv bahoni ziddiyatning barcha tomonlarini teng ayblashda ko‘radi. Biroq aslida obektiv bo‘lish - barcha tomonlarga o‘z fikrini bayon qilish imkonini berish va ularni birdek tinglash, biroq ularni axloqiy jihatdan tan olmaslik yoki deyarli teng qabul qilish. Xalqaro qonunlar va inson huquqlarini qo‘pol buzishdek vaziyatda nima haqiqatu nima to‘qima ekanini tushunmasak, biz ham hamtovoqqa aylanib qolamiz.
Ular nimasi bilan xavfli?
Internet endigina rivojlana boshlaganida aksariyat uni bilim olish imkoniyatlarini bir necha barobarga oshiradi deb o‘ylagan, shu bilan birga, axborot kanallarining ko‘payishi ma'lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta'minlaydigandek tuyulgan. Aslida esa, buning aksi bo‘ldi, deb hisoblaydi Amanpur. Yangiliklar platformalari va ijtimoiy tarmoqlarning misli ko‘rilmagan darajada ko‘payib ketishi bilan odamlar o‘z "qobig‘i"ga o‘ralib qola boshladi. Ular tor doiradagi qiziqishlar bilangina cheklanib, umumiy kartinani ko‘rishmaydi.
Ommaviy axborotning an'anaviy vositalarida har holda muayyan normalarga rioya qilinardi. Voqealarning haqiqatga to‘g‘ri kelish yo kelmasligi tekshirilardi. Biroq endi aksariyat holatlarda nashr va yangiliklarni tarqatishdan maqsad o‘quvchilar e'tiborini jalb qilish bo‘lib qoldi. Tabiiyki, bu yo‘lda ko‘p ishonchsiz ma'lumotlar paydo bo‘ladi.
|
| |