• Xulosa
  • Bekzod farmonov




    Download 344.62 Kb.
    bet1/13
    Sana22.12.2022
    Hajmi344.62 Kb.
    #36666
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Bekzod farmonov
    sattorbekova algoritm mustaqil ishi, saybekilo



    O’zbekiston Respublikasi
    oliy va O’rta maxsus ta`lim vazirligi

    buxoro Davlat universiteti


    SIRTQI 9- IQTS GURUH TALABASI
    BEKZOD FARMONOVNING

    INNOVATSION IQTISODIYOT


    FANIDAN

    mustaqil ta’lim ishi








    BUXORO – 2022


    Innovasion iqtisodiyotda loyixalarni moliyalashtirish manbalari


    REJA:

    KIRISH
    1.Moliyaviy vositalarning mohiyati va ahamiyati.
    2.Moliyaviy investitsiyalar (qimmatli qog’ozlar)ning turlari va xususiyatlari.
    3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar bozorining o’rni va roli tahlili.
    4. Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baholash.
    5.Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari.

    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.




    KIRISH
    Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
    Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
    Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
    - ichki manbalardan moliyalashtirish;
    - jalb qilingan mablag‘lardan moliyalashtirish;
    - qarz mablag‘laridan moliyalashtirish;
    - aralash (kompleks, kombinatsiyalashgan) moliyalashtirish.
    Moliyalashtirish manbalarining turli-tumanligida investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullariga o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, aksiyadorlik moliyalashtirish, budjetli moliyalashtirish, kreditli moliyalashtirish, lizingli va kombinatsiyalashgan (aralash) moliyalashtirishlarni kiritishimiz mumkin.
    Moliyalashtirish usuli deganda investitsion jarayonni moliyalashtirish maqsadida investitsion resurslarni jalb qilish mexanizmi tushuniladi. Moliyalashtirish shakllari deganda moliyalashtirish usuli mohiyatining tashqi ifodasi tushuniladi.
    To‘la ichki o‘zini-o‘zi moliyalashtirish eng ishonchli hisoblanadi va investitsiya loyihalarini faqatgina o‘z (ichki) manbalar hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutadi. Moliyalashtirishning bu usuli horij amaliyotida “leveridjsiz moliyalashtirish”ni xarakterlaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim o‘z manbalari sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Foyda korxona sof daromadining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lib, mahsulotning qo‘shilgan qiymatini ifodalaydi va korxona faoliyati natijalarini umumlashtiriuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Download 344.62 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 344.62 Kb.