Bemorlarning holatini avtomatik nazorat qilish sistemalari bilan tanishish. Xolter




Download 126.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.09.2023
Hajmi126.65 Kb.
#84267
Bog'liq
Bemorni parvarish qilish - Vikipediya
3 amaliy ish, Aminokislotalar - Vikipediya, Yakuniy nazorat HEMIS Student axborot tizimi, SUGURTA., 7-lab.ROBOTLARNING YURITMALARI, ВАЖНОСТЬ КУЛЬТУРЫ РУКОВОДИТЕЛЬСТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ, 1668962144, KIBERXAVFSIZLIK 3, 6-dars, 5-VARIANT SARDORBEK, 9-variant, 1 - amaliy mashg‘ulot.


Bemorni parvarish
qilish
Bemorlarning holatini avtomatik nazorat
qilish sistemalari bilan tanishish. Xolter
tekshiruvi (kasal)larga har tomonlama
yordam berish va vrach koʻrsatmalarini
bekamu kust amalga oshirishni
taʼminlaydigan tadbirlar majmui; davoning
muhim tarkibiy qismi. Turli kasalliklarda
bemorni parvarish qilishning oʻziga xos
xususiyatlari bor. Shu bilan birga barcha


bemorlarga tegishli umumiy parvarish
qoidalari mavjud. Bemorning maʼlum bir
tartibga amal qilishi, toʻgʻri ovqatlanishi,
vrach buyurganlarini toʻlatoʻkis bajo
keltirishi, bemor ahvolini uzluksiz kuzatib
borish, shuningdek dard tufayli zaiflashib
qolgan organizmni boshqa kasalliklardan
himoya qilish ham Bemorni parvarish
qilish q.ga kiradi Bemorni parvarish qilish
q. tadbirlari bemorning umumiy ahvoliga
qarab belgilanadi. Vrach lozim boʻlgan
tartib (rejim)ni tavsiya etadi, yaʼni
qimirlamay yotish tartibi (oʻrinda harakat
qilinmaydi), yotish tartibi (oʻrinda
turmasdan harakat qmlish mumkin), yotib
turish tartibi (xona ichida harakat qilish


mumkin), umumiy tartib (faol harakat
qilishga ruxsat beriladi). Bemor oʻziga oʻzi
bemalol qaray olsa ham, uning yaqinlari
iloji boricha qulay sharoit tugdirishlari,
kayfiyatini buzmasliklari, vrach
koʻrsatmalarini amalga oshirishini kuzatib
borishlari lozim. Bemor uyida
davolanadigan boʻlsa, u yotgan xona
alohida, ozoda, yorug, iliq (18 — 20°)
boʻlishi, kupda uch mahal — ertalab,
kunduzi va kechqurun — uxlashdan oldin
shamollatib turilishi zarur (hatto qishda
ham). Bunda bemorni issiq adyol, boshini
qalin sochiq bilan oʻraladi va yuzi ochiq
qoddiriladi. Bemor sovqotmaydigan qilib
yaxshi oʻrab qoʻyilsa, sof havo hech zarar


qilmandi. Yezda derazani kun buyi ochib
qoʻygan maʼqul. Xona kuniga 2-marta:
ertalab va kechqurun yotishdan oldin
yigʻishtirib, tozalanadi. Bunda deraza
romlari, eshik, mebellar nam latta bilan
artiladi, pol yuviladi yoki latta oʻralgan
chutka bilan tozalanadi. Gilamlar, qalin
deraza pardalar vaqtincha yigʻib qoʻyilgani
maʼqul yoki tez-tez (haftada 1 — 2-marta)
chang yutgich bilan tozalanadi. Xonada
pastroq tovushda gaplashish kerak, ammo
pichirlab gaplashish yaramaydi. chunki bu
bemorga goʻyo uning agʻvoli ogʻirligini
yashirishga urinayotgandek boʻlib tuyuladi,
radio va televizor ovozini pasaytirib
qoʻyiladi. Bemorii biror joyga oʻtkazish


kerak boʻlsa, maxsus kreslo yoki
zambildan foyd&taniladi. Bu ishni
bajaruvchi yolgʻiz boʻlsa, u bir qulini
bemorning kuragi ostidan, ikkinchisini
sonining tagidan oʻtkazib, koʻtaradi; bunda
bemor kutaruvchining buyniga osilib oladi.
Boshqa joyga utkazishdan oldin joyning
tayyorligi kuzdan kschiriladi. Ahvoli ogir
bemorlar choyshabi tagidan kleyonka
solinadi. dumgʻaza ostiga rezina doira,
ostga tuvak, siydikdon qoʻyiladi, ularga
yechinishlarida yordam koʻrsatiladi.
Bemorning koʻrpatoʻshagi uzun va keng
boʻlgani maʼqul. Toʻshak ustidan oq
choyshab yoziladi. Baʼzi kasalliklarda vrach
tavsiyasi bilan tushak ostidan uning


kattaligida taxta quyiladi. Bemorni issiq
qilib, oʻrabchirmash yaramaydi. Karavot
iyeltgich asboblariga yaqin qoʻyilmaydi, uni
ikki tomonidan bemor oldiga bemalol
kelish mumkin buladigan qilib qoʻyish
kerak. Bemor choyshabini ehtiyotlik bilan
almashtirish lozim. Buning uchun bemorni
(agar t>ra olmasa) avaylab urin chetiga
surib, choyshabning boʻshagan kismini
yumaloklab oʻrab, bemor yotgan joygacha
olib kelinadi, uning oʻrniga toza choyshab
yozib, bemorni uning ustiga oʻtk^ziladi,
oʻralgan kir choyshab esa yigʻishtirib
olinadi. Ogʻir yotgan bemorning koʻylagini
almashtirganda koʻylak etagini yuqoriga
tomon yigʻa borib, avval boshidan, soʻngra


qoʻllarida}) chiqariladi, koʻylak kiygizishda
esa buning aksicha amal qilinadi.
K^loyoqshikastla i ganda kiyim avval sogʻ
qoʻloyoqaan, keyin kasach q>;loyoqdan
yechiledi, kiygizishda esa buning akemcha
qilinadi. Bemorga vrach ruxsat etgan
boʻlsa, haftada 1-marta uni choʻmiltirish
mumkin. Agar bunga ruxsat berilmasa.
kundalik yuvibtarashdan tashqari, bemor
badanini qaypagan suv yoki maxsus
eritmalarga hoʻllangan latta bilan artib
turiladi. Bemor qattiq terlasa, kiyimi botbot
almashtirnlib, badani quruq sochiqqa
artnladi (badani doim quruq va toza turishi
kerak). Yuz, boʻyin va gavdaning yuqori
qismini kunda yuvib turish, qulni har safar


ovqatlanmshdan oldin yuvish kerak.
Oʻrnidan turmaydigap bemorlar oyogʻini
karavot ustiga togora q>’yib. haftada 2 —
3-marta yuviladi. Ogir yotgan bemorlarning
jinsiy aʼzolari va orqa chik>)run teshigi
sohasi har gal hojatdan keyin yuvib
turiladi. Ich ketganda darhol kleyonka va
choyshab (lozim boʻlsa kiyimlarni ham)
almashtiriladi va orka peshov sovunlab
yuviladi. Sochni har kuni iliq suv bilan
namlab tarab, toza tutiladi. tirnoqdarpi
vaqtvaqti bilan olib turiladi. Bemor tishini
kuniga 2 mahal yuvib. har gal
ovqatlangandan keyin ogʻzini chayib turishi
lozim. Ogʻir yotgan bemorlar tishi 0,5% li
soda yoki margansovkaning kuchsiz


eritmasiga namlangan paxta bilan artiladi.
Kuloqdar iliq suv va sovun bilan yuvib
turiladi, unda chirk yigʻilib qolsa, 3% li
vodorod peroksid eritmasidan bir necha
tomchi tomizib. soʻngra paxta pilikcha
yordamida ex?iyotlik bilan olinadi. Quloqni
tozalaganda gugurt choʻpi, soch
toʻgʻnogʻichi va boshqalardan foydalanish
yaramaydi, aks hodda quloq pardasini
teshib yuborish mumkin. Koʻzdan kiprik va
qovoqlarning yopishib qolishiga sabab
boʻladigan suyuqlik ajrachganda (koʻproq
bolalarda) ertalab yuvintirish vaqtida kuzni
ehtiyotlik bilan iliq suvda paxta boʻlakchasi
bilan yuviladi. Burundan suyuklik oqqanda
yoki qaloqhosil boʻlganda uni vazelin moyi


yoki glitserin tomizib yumshatiladi va
paxta pilik bilan asta tozalanadi. Yotgan
bemorlarga tuvak va siydikdon tutiladi, u
oldin tozalab yuviladi va
dezinfeksiyalanadi. Bemorning haroratini
ertalab va kechqurun ulchab, yozib qoʻyish
juda muhim, chunki haroratning
oʻzgarishiga qarab, kasallikning qanday
oʻtayotganini va davolash nafini bilsa
boʻladi. Bemor ovqati oqsil, uglevod, yog,
mineral tuzlar, vitaminlarga boy boʻlishi
kerak. Bemorni kuniga 4 mahal (maʼlum
soatlarda) ovqatlantirish lozim.
Ovqatlarning xilmaxil boʻlishi, dasturxonni
chiroyli qilib bezash bemorning ishtahasi
ochilishiga yordam beradi. Koʻpgina


kasalliklarda vrachning oʻzi parhez taomlar
buyuradn, oʻz bilgicha parhez qilish
yaramaydi. Ayrim kasalliklar (ayniqsa,
meʼdaichak kasalliklari)da ozozdan
dambadam ovkatlanish tavsiya etiladi.
Ogʻir yotgan bemorlarga ovqat qoshiq
bilan ozozdan ichiriladi. Ichimlik va suyuq
ovqatlar (qaynatma shoʻrva. kisel va
boshqalar) joʻmrakli maxsus idishchada
ichiriladi. Bemorning uyqusiga, kayfiyatiga,
eshushi joyida ekaniga kdrab turish muhim
ahamiyatga ega. Bemorni
xayajonlantiradigan, uning kayfiyatini
buzadigan gaplarni aytish, ezmalik qilish
yaramaydi. Bemor maʼyus boʻlib, chiroyi
ochilmasa, tinchlantirish, unga dalda


berish maʼqul. Bemor yotgan uyda tinchlik
saqlash uning tuzuk dam olishiga va
tiniqsb uxlashiga yordam beradi. Terining
rangiga, toshmalar boryoʻgʻiga,
qichishishiga, gavda haroratiga. yuzkoʻzlar
ifodasiga eʼtibor berish va oʻzgarish
sezilsa, tezda vrach chaqirish lozim.
Shuningdek siydik va najas rangining
oʻzgarganligi, dori-darmonlar qanday taʼsir
etayotganligini kuzatib borish hamda
maʼlumotlarni vrachga yetkazib turish
lozim. Agar doridan toshmalar toshsa,
qichishsa. tilning uchi achishea, koʻngil
aynisa, bu qaysi dori bilan bogʻliqligini
aniqlab va uni qabul qilishni toʻxtatib,
darhol vrachga xabar qilish kerak. Vrach


buyurganda bemorga koʻpincha grelka,
gorchichnik, kompress qoʻyiladi, dori
ichiriladi va boshqa Dorini buyurilgan
miqdor (doza)da va maʼlum vaqtlarda
beriladi. Doridarmonlar quruq, ayrimlari
qorongi va salqin joyda saqlanadi. Yukumli
kasalliklar bilan ogʻriganlar, shuningdek
keksa bemorlar alohida parvarishga
muxtoj boʻladi. Yuqumli kasallik bemordan
atrofdagilarga ʻyuqishi mumkinligini
nazarda tutib, tozalikka jiddiy rioya qilish
talab etiladi. Ruhiy kasallarni parvarish
kdlganda baxtsiz hodisalar (oʻziga va
atrofdagilarga qasd qilish, qochish va
boshqalar)ning oldini olishga ahamiyat
beriladi.


OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Mamavaliyev N. S, Djaxangirov I. A.,
Atlas po manipulyatsionnoy texnike i
uxodu za bolnimi, T., 1997.
Erkin Qosimov.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (htt
ps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Be
morni_parvarish_qilish&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?


Bu sahifa oxirgi marta 22-Dekabr 2022, 12:43 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Bemorni_parvarish_qilish&old
id=3510394" dan olindi

Download 126.65 Kb.




Download 126.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bemorlarning holatini avtomatik nazorat qilish sistemalari bilan tanishish. Xolter

Download 126.65 Kb.
Pdf ko'rish