• Husanov Lazizjon
  • Beton to‘ldiruvchilarining g‘ovaklik xossasi hamda g‘ovak to‘ldiruvchilarning hozirgi kunda qo’llanilishi ametov Rasul




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana29.02.2024
    Hajmi0.8 Mb.
    #164649
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ametov Rasul 219-225 CUSR
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)


    219 
    UDK 691.322 
    BETON TO‘LDIRUVCHILARINING G‘OVAKLIK XOSSASI HAMDA 
    G‘OVAK TO‘LDIRUVCHILARNING HOZIRGI KUNDA QO’LLANILISHI 
     
    Ametov Rasul, assistent, 
    Husanov Lazizjon, talaba 
    Djo'rayeva Husniya, talaba 
    Jizzax politexnika instituti, QM vaK kafedrasi 
    E:mail 
    zavaclash@gmail.com
     
     
    Annotatsiya. Maqolada oddiy g’ovak betonlardagi g’ovakliklar,bo’shliqlar, 
    beton tarkibidagi g’ovaklikning uning sifatiga va xossalariga ko’rsatadigan ta’siri 
    haqida. O‘zbekistonda Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23 maydagi PQ-4335-
    sonli “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
    tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
    chiqarish va eksport qilish bo‘yicha barqaror o‘sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, 
    korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan 
    qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish 
    yuzasidan tizimli ishlar bajarib kelinmoqda.” 
    Kalit so’zlar: Beton, beton to’ldiruvchilar, beton konstruksiyalar
    to’ldiruvchilarning g’ovakligi, dona g’ovakligi, suv shimuvchanligi va hk. 
    Hozirgi kunda zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish, mavjud 
    materiallarni esa xossalarini yanada yaxshilash borasida ko’plab izlanishlar hamda 
    tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, zamonaviy qurilish materiallari beton tarkibi 
    qo’shimcha va to’ldiruvchilarining sifatini takomillashtirish, istiqbolli loyihalarni olib 
    borish korxona va sanoatni texnik-texnalogik jihatidan takomillashtirish, yangilash, 
    ulardagi muammolarni kompleks o’rganish hamda ilmiy yechimlar topishni taqazo 
    etadi. 
    Shunday qilib, beton tarkiblari va xossalari ilmiy laboratoriyalarda 
    o’rganilmoqda. Beton ratsional tarkibda tanlangan mineral bog‘lovchi, suv, 
    to‘ldirgichlar, maxsus qo‘shimchalardan iborat qorishmani aralashtirib, zichlashtirilib 
    olingan sun‘iy kompozitsion tosh materialdir. Beton tuzilishi va xossalarini uning 
    tarkibidagi mineral bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarning turini o‘zgartirib, 
    mustahkamligi, deformativligi, turli sharoitlarga moslashgan,O‘ta og‘ir, yengil, o‘ta 
    yengil, olov bardosh, radiatsiyani o‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish 


    220 
    munkin. Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0.01-1.2% polimer qo‘shimchalar 
    hamda 15-40% yuzasi aktivlashtirilgan dispers materiallar, minerallar va turli xildagi 
    xususiyatni beradigan to‘ldiruvchilar kiritib xossalarini yaxshilash va sementni tejash 
    mumkin. Beton to‘ldiruvchilar turiga nisbatan zich, g‘ovak va maxsus to‘ldirgichli 
    bo‘ladi. Hozirda biz beton to‘ldiruvchilari hamda ularning g‘ovaklik xossasiga qarab 
    chiqamiz. To’ldiruvchilаr – bu mа’lum zаrrаchаlаr tаrkibigа egа tаbiiy yoki sun’iy 
    mаteriаllаr bo’lib, bog’lovchilаr vа suv rаtsionаl аrаlаshmаsi bilаn beton xosil qiluvchi 
    mаteriаldir.
    Beton uchun ishlаtilаdigаn to‘ldiruvchilаr fizik vа mexаnik xususiyatlаri, 
    texnik-iqtisodiy sаmаrаdorligi vа ishlаtilish soxаsi bo’yichа аjrаlib turadi.Narxi beton 
    vа temir-beton konstruktsiyalаrning 30….50 % ni tаshkil qilаdi, shuning uchun ulаrni 
    o’rgаnish, to’ldiruvchilаrni to’g’ri tаnlаsh, ulаrni me’yoridа ishlаb chiqаrish vа 
    ishlаtish xаlq xo’jаligidа kаttа аxаmiyatgа egа. Betonning аsosiy аktiv qismi bu 
    sement. To’ldiruvchilаr betonning 80% gаchа hаjmini tаshkil qilаdi, sement vа boshqа 
    bog’lovchilаrni sаrflаnishini keskin kаmаytirаdi, qаysiki ulаr beton tаrkibidа yuqori 
    bаholi vа defitsit mаteriаl xisoblаnаdi.To’ldiruvchi beton tarkibining to’rtdan uch 
    qismini 
    tashkil 
    qiladi,shu 
    sababli 
    ham 
    uning 
    sifati 
    katta 
    ahamiyatga 
    ega.To’ldiruvchilarning hususiyatlari nafaqat betonning mustahkamligiga,balki uning 
    uzoq muddatga chidamliligiga va eksplutatsion xossalariga ham ta’sir 
    ko’rsatadi.Demak sifatli beton hosil qilish uchun to’ldiruvchilarning xossalari bilan 
    yetarlicha bilimga ega bo’lishimiz kerak.

    Download 0.8 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton to‘ldiruvchilarining g‘ovaklik xossasi hamda g‘ovak to‘ldiruvchilarning hozirgi kunda qo’llanilishi ametov Rasul

    Download 0.8 Mb.
    Pdf ko'rish