Bank huquqini fundamental rivojlantirish va uni o‘rganishning zarurligi




Download 34.83 Kb.
bet2/4
Sana01.01.2023
Hajmi34.83 Kb.
#37367
1   2   3   4
Bog'liq
Bank huquqi

Bank huquqini fundamental rivojlantirish va uni o‘rganishning zarurligi:
a) bank faoliyatining mazmuni va "bank" hatti-harakati omillari, ya`ni odatiy va nostandart holatlarda jamiyat, aholi, davlat, bank tizimi, va pul va kakpital oqimi harakati, ular bilan bog‘liq huquqiy normalar ni bilish;
b) taqiqlangan hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish, to‘xtatishning texnologik imkoniyatlarini amalga oshirish, resurslar intensivligi mexanizmlarini uzluksizligini ta’minlash;
c) belgilangan yoki taqiqlangan harakatlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushunish;
d) qabul qilingan huquqiy normalarni ro‘yobga chiqarish uchun ruxsat etilgan va zarur vositalardan xabardor bo‘lish;
e) banklarga ta’sir o‘tkazishning uslublariga, ularning maqomiga, bank munosabatlariga va boshqalarga muqobil usullar va boshqalarni o‘rganish zarur.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining alohida vakolatlari qatoriga quyidagilar kiradi:



  1. bank Ustavini tasdiqlash, unga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish (umumiy yig‘ilishda ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiya egalari bo‘lgan aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi yoqlab ovoz berishi orqali);

  2. bankni qayta tashkil etish yoki tugatish (ovoz beruvchi aksiyadorlarning kamida 3/4 qismi ma’qullaganida);

  3. bank kengashi a’zolari sonini belgilash, uning a’zolarini saylash, muddatidan oldin kengash a’zoligidan chiqarish (ovoz beruvchi aksiya egalari 3/4 qismidan kam bo‘lmagan ovoz bilan hal etiladi);

  4. e’lon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;

  5. bankning Ustav kapitali miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish (ovoz beruvchi aksiya egalari 3/4 qismi ovozi bilan hal etiladi);

  6. o‘z aksiyalarini sotib olish (ovoz beruvchi aksiya egalarining 3/4 qismi ma’qulllaganda);

  7. bank Kengashi tomonidan tayinlangan bank Boshqaruvi Raisini tasdiqlash;

  8. bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash va ular vakolatini muddatidan oldin to‘xtatish;

  9. bankning tashqi aksiyalarini tasdiqlash;

  10. bank yillik hisobotini, balansini, foyda va zaralar hisobini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash (ovoz beruvchi aksiya egalarining 3/4 qismi ovozi bilan hal etiladi);

  11. bank xujjatlarini tasdiqlash va ularni bank biznes rejasi bilan taqqoslash, bank Kengashi a’zolariga kompensatsiya va mukofotlar miqdorini belgilash (ovoz beruvchi aksiya egalarining 3/4 qismi ovozi bilan hal etiladi);

  12. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;

  13. aksiyalarni bo‘lish yoki jamlash;

  14. kredit berish, aktiv va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish, mijozlarga yangi bank xizmatlarini ko‘rsatish masalalarida bank tomonidan amalga oshiriladigan siyosatning asosiy yo‘nalishlarini belgilash va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida belgilab qo‘yilgan muddatlarda hamda tartibda chaqiriladi (mazkur qonunning 64-moddasi).

Download 34.83 Kb.
1   2   3   4




Download 34.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bank huquqini fundamental rivojlantirish va uni o‘rganishning zarurligi

Download 34.83 Kb.