• Bank boshqaruvi
  • Bia-98-2-guruh talabasi Sotimov Sardorbek Jumanazr o’g’li




    Download 34.83 Kb.
    bet3/4
    Sana01.01.2023
    Hajmi34.83 Kb.
    #37367
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Bank huquqi

    Bank Kengashi. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishlari o‘rtasidagi davrda bank faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish bank Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
    «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga ko‘ra bank Kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

    1. bank faoliyati ustidan nazorat olib borish;

    2. bank rahbarlarini ishga tayinlash va vazifasidan ozod qilish;

    3. bank kapitalining muntazam o‘sishini ta’minlash;

    4. bank siyosatini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarilishini kuzatib borish;

    5. bank faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash va bank Ustavida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Bank Kengashi kamida besh kishidan iborat bo‘ladi. Uning tarkibiga bank aksiyadorlaridan tashqari bank sohasi olimlari va mutahassislari a’zo sifatida kiritilishlari mumkin.
    Bank Kengashi majlislarini chaqirish muddatlari, tartibi, masalalarni majlisda muhokama qilish va qarorlar qabul qilish tartiblari «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda belgilab qo‘yilgan (qonunning 85-moddasi).
    Bank boshqaruvi Raisini ishga qabul qilish va uning bilan Mehnat shartnomasi tuzish bank Kengashi tomonidan amalga oshiriladi va mehnat shartnomasiga bank Kengashining Raisi imzo qo‘yadi.
    Bank Kengashi bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi oldida hisob beradi.
    Bank boshqaruvi bankning kundalik faoliyatiga rahbarlik qiladigan ijroya organidir va u kollegiallik asosida ish yuritadi. Bank boshqaruviga bank Kengashi tomonidan tayinlanadigan va umumiy majlis tasdiqlaydigan boshqaruv raisi rahbarlik qiladi.Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari va bankning boshqa xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish (mehnat shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish, bekor qilish) bank boshqaruvi raisi tomonidan amalga oshiriladi (Boshqaruv va uning Raisi vakolatlari «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 86-87 moddalarida belgilab qo‘yilgan). Shuningdek, bank Boshqaruvi hamda uning Raisi vakolatlari, majburiyatlari, javobgarligi bank Ustavida batafsil ko‘rsatib qo‘yilishi lozim. Bank boshqaruvi bank Kengashi va bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi oldida javobgar bo‘ladi. Bank filiallarining rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki roziligi olingani holda bank boshqaruvi tomonidan vazifasiga tayinlanadi yoki lavozimidan ozod qilinadi.
    Aksiyadorlik tijorat banklari aksiyadorlarining bankni boshqarish yuzasidan va boshqa masalalarga doir xuquqlari, ularning mulkiy hamda boshqa xuquqlarini himoya qilish aksiyadorlik xuquqiga oid qonunchilik normalari, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


    1. Kredit - bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilar mablag’lari etarli bo’lmagan sharoitda to’lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Kredit iqtisodiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko’rinishi sfatida yuzaga chiqadi. Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini , kreditning muhim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko’rsatuvchi asoslarini bilish demakdir.

    Xalqaro kredit. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Xalqaro kreditga xalqaro miqyosda xarakat qiluvchi kredit munosabatlari to’plami sifatida qarash zarur. Kreditning bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliyakredit institutlari, tegishli davlat xokimiyati, kredit tashkilotlari va alohida huquqiy shaxslar bo’lishi mumkin. Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida beriladigan kredit hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin. Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat tashkilot va muassasalari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar; qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan milliy daromad hisoblanadi. Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 177 *mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’minlaydi; *kapitalning kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi; *har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi . Xalqaro kreditlar: xarakteri bo’yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga; shakli bo’yicha - davlat, bank, tijorat; tashqi savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha - eksportni kreditlash, importni kreditlashga; muddati bo’yicha-qisqa muddatli-1 yilgacha, o’rta muddatli -1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga; ob’ekti bo’yicha - tovar va valyuta; ta’minlanganligi bo’yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki hujjatlar bilan ta’minlangan kreditlarga bo’linadi. Tovar shaklida beriladigan xalqaro kredit yoki firma kreditlari tijorat kreditining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida qo’llanilishi hisoblanadi va bir mamlakat firmasining tovari ikkinchi mamlakat firmasiga kreditga - to’lov muddati kechiktirilib sotiladi. Bu jarayon odatda tratta (o’tkazma veksel) bilan rasmiylashtiriladi. Eksportni kreditlashda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari bo’yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor bahosidan past bo’ladi. Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari hisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo’lgan muddatga, o’zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud. Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi. 178 Xalqaro valyuta - kredit tashkilotlarining kreditlari qisqa muddatli - 1 yilgacha (xalqaro valyuta fondining kreditlari), o’rta muddatli - 5 yilgacha (Jahon rivojlanish va taraqqiyot banki) va uzoq muddatli - 20 yilgacha (Evropa rivojlanish va taraqqiyot banki va boshqalar) kreditlar berishi mumkin Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar xususiy tijorat banklaridan olingan kreditlardan (bu kreditlar bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi yiliga 7-9% ni tashkil qiladi.) arzonga tushadi.



    1. Bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs;

    Bank so’zi italyancha «banca» so’zidan olingan bo’lib «stol», aniqrog’i «pullik stol» degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustiga qo’yib hisob-kitob qilganlar.
    XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o’z ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», yani bankrot deb atashgan. Ya’ni, bizga ma’lum bo’lgan «bankrot» so’zi ham italyancha«banca» so’zidan olingan. Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda (1605 y.), Gamburgdagi (1618 y.), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o’z mijozlarini monetalar tarkibi buzulishi tufayli zarar ko’rishdan himoya qilgan. Ular hisoblarni ma’lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida 185 olib borishgan o’zlarining bo’sh pul mablag’larini jirobanklar davlatga, shaharlarga, chet el savdogarlariga ssudaga berishgan
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor iqtisodi sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda, chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to’planishining va bankning rivojlanishining asosiy manbasidir.
    Bank foydasining o’sib borishiga ta’sir qiladigan bir necha xil omillar bo’lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo’sh mablag’larni samarali ishlatilishi, turli xil pullik xizmatlar doirasini (faktoring, lizing, trast xizmatlari va h.k.) kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko’paytirish hisobiga va boshqa omillar hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri yuqori darajada foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Banklarning faoliyati doimo foyda ko’rish bilan bog’liq bo’lmasdan, ular faoliyatida zarar ko’rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkpn. Banklar faoliyati ijobiy bo’lgan hollarda banklarning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida banklarning zarar ko’rish ehtimoli yuqori darajada bo’ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni amalda tatbiq qilish jarayonida bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk (zarar ko’rish ehtimoli bilan) bilan bog’liq bo’ladi.
    Tijorat (aktsiyali, pay asosida va xususiy tartibda tashkil qilingan) banklar huquqiy va xususiy shaxslarga «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish orqali shartnoma asosida kredit, hisob-kitob va boshqa xil bank xizmatlarini ko’rsatadi.
    Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni tashkil qilish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat ko’rsatish hududi va tarmoq belgilariga qarab bir-biridan farq qiladi. Respublikada, mintaqalarda ko’zda tutilgan ma’lum dasturlarini bajarish va o’zga faoliyat turlarini pul mablag’lari bilan ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
    Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziyani olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalarini amalga oshiradilar. Tijorat banklari o’z ustavlari asosida ish olib boradilar. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
    Bankning ustavida:
    - bankning nomi va uning manzilgohi (aloqa manzilgohi);
    - bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro’yxati;
    - bank tashkil etadigan fondlarning ro’yxati;
    - ustav fondining miqdori;
    - bankning huquqiy shaxs ekanligi va o’zini-o’zini moliya resurslari bilan ta’minlashi negizida ishlashi to’g’risidagi nizom;
    - bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzilishi to’g’risidagi nizom;
    - bankka qarashli muassasalarning ro’yxati va ularning maqomi;
    - bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini to’xtatish tartibi;
    - faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi); O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan o’zaro munosabatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim.
    Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aktsiyali jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to’g’risidagi amallardagi qonunlarda ko’rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Bank ustavga bank faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq boshqa qoidalar ham kiritilgan bo’lishi mumkin. Ustavga o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasi qonunlaridagi o’zgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
    Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. SHu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar.
    Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ifodalangan. SHu qonunning 2-bobi “Banklarni tashkil etish va ular faoliyatini tugatish tartibi” deb nomlanib o‘z ichiga 13 modda(7-19 moddalar)ni oladi .
    Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
    Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
    Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu konunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan uzgartirish kiritilgan va xozirda banklar ushbu konun asosida tashkil etilmokda.
    Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:
    bankni tashkil etish bo‘yicha biznes rejaning maqbulligi;
    bank ustav kapitalining etarliligi va qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilganligi;
    daromadlilikning istiqbollari;
    tashkil etilayotgan bank rahbarining malakasi va obro‘si;
    bankni tashkil etish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligi;
    monopoliyaga qarshi choralarning mavjudligi
    Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
    bankni ta’sis etish borasida birgalikda faoliyat ko‘rsatish tartibi;
    bank ustav kapitali miqdori;
    muassislar o‘rtasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati, ularni to‘lash miqdori va tartibi;
    muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
    Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.

    Download 34.83 Kb.
    1   2   3   4




    Download 34.83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bia-98-2-guruh talabasi Sotimov Sardorbek Jumanazr o’g’li

    Download 34.83 Kb.