• TAYANCH TUSHUNCHALAR
  • LMSning bulutli platformalari
  • Serverga asoslangan LMS
  • CMS bilan integratsiyalashgan LMS
  • Savollarga javob yozing (67-bet).
  • Informatika va axborot texnologiyalari mavzu: lms platformalarining turlari va vazifalari 8-sinf masofaviy ta’lim




    Download 3.83 Mb.
    Sana11.10.2023
    Hajmi3.83 Mb.
    #87612
    Bog'liq
    ISpring Learn platformasi.
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

    INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI


    MAVZU: LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA VAZIFALARI
    8-sinf

    MASOFAVIY TA’LIM


    Ta’limni boshqaruv tizimlari (LMS) — elektron ta’lim dasturlarini tashkil etuvchi, amalga oshiruvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ustidan nazorat olib borish va ularni saqlab qo‘yish imkoniyatini beruvchi onlayn platforma.

    TAYANCH TUSHUNCHALAR

    Bulutli platforma — o‘z xizmatlarini foydalanuvchi resurslariga bog‘liq bo‘lmagan holda taqdim etuvchi platforma.


    Korporativ — bir vaqtda bir necha hududdan turli pog‘onalarda boshqariluvchi tarmoq.

    LMS – paltformalari turlari


    BULUTLI PLATFORMALAR
    SERVERGA ASOSLANGAN
    CMS BILAN INTEGRATSIYALANGAN

    LMSning bulutli platformalari

    O‘quv kursining materiallari LMSning bulutli platformalarida web-xizmatni taklif etuvchining server kompyuteriga joylashtiriladi.

    LMSning bu turini ta’lim muassasasi yoki tashkilotning server kompyuteriga o‘rnatib bo‘lmaydi.

    LMSning bulutli platformalari web-xizmat (masalan, pochta xizmati kabi) prinsipi asosida ishlaydi, ya’ni web-xizmat taklif etilgan manzil orqali ro‘yxatdan o‘tgandan keyin o‘quv kurslarini yaratish mumkin.

    LMSning bulutli platformalari

    Foydalanuvchi esa bunga o‘ziga kerakli materiallarini yuklashi, ta’lim oluvchilarni qo‘shishi va onlayn ta’lim jarayonini yurgizishi mumkin.


    LMSning bulutli platformalari
    iSpring learn
    Google classroom
    Schoology
    Loop
    Learn Amp

    Serverga asoslangan LMS

    Serverga asoslangan LMSlar tashkilot yoki ta’lim muassasasining serveriga o‘rnatiladi. Bu esa foydalanuvchilarga tizimga korporativ login va parol yordamida kirish imkonini beradi.

    Serverga asoslangan LMS


    BlackBoard
    Moodle
    Canvas
    Serverga asoslangan LMSlar
    Absorb LMS

    CMS bilan integratsiyalashgan LMS


    CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar bilan ishlovchi plaginlar xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun qulay hisoblanadi.
    WIX
    JOOMLA
    DRUPAL
    LEARNDASH (WORDPRESS)

    LMS INTERFEYSI


    Schoology (https://www.schoology.com/) — ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bulutli LMS. Schoology Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate, Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi. O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va topshiriqlar yuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi.
    Schoology

    LMS INTERFEYSI


    iSpring Learn (https://www.ispringsolutions.com) platformasida ko’plab ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Platformaning ma’ruza muharriri bo‘limi yordamida modul va uning materiallari (matnli, audio, video, taqdimot, simulyator, topshiriq, test va b.) kiritiladi. Hisobotlar bo‘limi yordamida foydalanuvchilar faoliyati hamda o‘zlashtirish natijalari tahlili va statistikasini yuritish mumkin.
    iSpring learn

    LMS INTERFEYSI


    Google Classroom (https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun
    mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish, kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi mumkin.
    Google classroom

    LMS INTERFEYSI


    Moodle (http://moodle.org/) masofaviy ta’lim olish muhiti hisoblanib, sifatli masofaviy kurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab talablarini qanoatlantira oladi. Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi, jumladan, o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.
    Moodle

    LMS INTERFEYSI


    LearnDash — ommabop kontent boshqaruv tizimi (CMS)da sinflar yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish imkonini beruvchi ishonchli plagin. Bu plagin WordPress platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta’lim muassasasi kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv kurslarini yaratish mumkin.

    Savollarga javob yozing (67-bet).


    MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
    • Savollarga javob yozing (67-bet).
    • Internet orqali LMS platformalarining web-saytlari bilan tanishib chiqing.

    Download 3.83 Mb.




    Download 3.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari mavzu: lms platformalarining turlari va vazifalari 8-sinf masofaviy ta’lim

    Download 3.83 Mb.