Respublika ilmiy-amaliy konferensiya




Download 309,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana06.12.2023
Hajmi309,66 Kb.
#112486
1   2   3   4
Bog'liq
856-Article Text-1692-1-10-20230513
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2), JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI, МТ3, GINS SXM, Nutqning to`g`riligi, Êóðñ èøè ìàâçó, Boshqaruv hisobi va audit yakuniy, 66830, Reference, 121213
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 
ISSN: 2181-1776
441 
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri |
http://bilig.academiascience.org
 
http://bilig.academiascience.or
 
ttp://bilig.academiascience.or
Keyingi yillarda xorijda o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi sifati yuzasidan 
ma’lum tasavur va ma’lumotlarni olish imkonini beradigan bir qator qiziqarli metodlar 
tavsiya qilinib kelinmoqda [2.15-b]. Masalan, bilimlarni loyihalash indeksini baholash 
metodi (method S-P lines). Metodni qo‘llash mazmuni mutaxassislar tomonidan maxsus 
tarzda tanlab olingan testlar majmuasini ishlab chiqishni talab qiladi. Bu holatda testlar 
nafaqat o‘quvchining tayyorgarlik darajasi, balki uning bilimlari tarkibi, aniqrog‘i, 
pedagog tomonidan o‘quv yili yoki chorak boshida oldindan belgilangan idel darajadagi 
bilimlarga nisbatan og‘ish darajasini ham aniqlash imkoni tug‘iladi. O’quvchining 
qiyinchilik darajasi ortib boradigan test savollariga bergan javoblari to‘g‘rilik darajasi 
yuqoriligi uning bilimlari tarkibining boshqa sinfdoshlarinikiga nisbatan yaxshiligini 
anglatadi. Pedagog tomonidan oldindan belgilangan bilim sifati, tayyorgarlik darajasi 
sifatidan og‘ish darajasi maxsus indeks bilan belgilanadi va tegishli korreksion ishlar 
amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
O’z navbatida, o‘quchilarning tayyorgarlik darajasi ularning tirishqoqligiga, uning 
bilim olishga bo‘lgan intilish va qiziqishiga bog‘liqligini hamma vaqt ta’kidlash lozim, 
o‘quvchining bilimlari tarkibi ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda o‘z aksini topadi. 
O’quvchilar bilimlari tarkibini shakllantirishga o‘qituvchining ularni tayyorlash dasturini 
to‘g‘ri tashkil qilishiga, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda bo‘shliqlarga o‘rin qoldirmasligi, 
materiallarni samarali ifodalashiga, guruh va individual ishlash mahoratiga bog‘liq. 
Bilim tushunchasining o‘zi tarixan uzoq muddat davomida shakllangan. Qadimgi 
Sharqda, Hindiston, Xitoyda bilim «ritual va magiya xarakteriagi tayyor reseptlar 
jamlanmasi» sifatida tushunilgan. Antik davr bilimning isbot talab qilishi asoslanishi 
zarurligi kabi jihatlariga oydinlik kiritildi (Aristotel, 384-322 yy. Eramizgacha bo‘lgan 
davr). Aristotel bo‘yicha nazariy bilimlarga egalik, demak: 1) ilk maishiy sabablar, 
ularning boshlanishi, bo‘linmaslikka qadar borish; 2) mushohada qilgan holda, ular oldida 
to‘xtash; 3) haqiqatning tagiga yetgan holda xotirjamlikka erishishni anglatgan. Uyg‘onish 
davri umumta’lim bilimlari mukammal kengaytirilgan mashg‘ulotlarini shakllantirdi – 
filologiyani til bilimlari yoki bilimlar to‘g‘risidagi fan sifatida e’tirof etilishiga erishdi. 
XVII asrda dastlabki darslik va ensiklopediyalarning paydo bo‘lishi hamda XVIII-XIX 
asrlarda jamiyatning intellektual, mehnat va madaniy munosabatlari taraqqiyoti bilimni 
hozirgi davr nuqtai nazaridan tushunishga olib keldi. 
Hozirgi kunda bilim tushunchasining bir qator izohlari, ma’no ahamiyatiga ega: 
filologik, falsafiy, semantik, didaktik, metodologik, ilmiy, o‘quv va boshqa. 
Bilim – borliqni bilishning amalda tekshirilgan natijalarining inson ongida to‘g‘ri 
ifodalanish. Bilish bilmaslikning aksi, ya’ni biror narsa-hodisa to‘g‘risida sinovdan o‘tgan 
axborotga ega emaslik, uning yo‘qligi. 
Bilim – obyektiv borliq haqidagi yoki muayyan (ilmiy, madaniy, ma’rifiy-ma’naviy, 
harbiy va b.) sohalarga oid ilmiy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmuyi, ilm 


FTAI

Download 309,66 Kb.
1   2   3   4




Download 309,66 Kb.
Pdf ko'rish