Keywords:
Ontology, RDF, XML, OWL, specification, conceptualization, artificial
intelligence, semantic web.
Аннотация:
На сегодняшний день в узбекской лингвистике проводится ряд
исследований по компьютерной лингвистике, включая машинный перевод, корпусные
технологии, компьютерную лексикографию и разработку лингвистических основ
программных
приложений,
лексикографическую
обработку
текстов
и
лингвостатистический анализ. С увеличением потока информации возникает
необходимость поиска новых способов ее хранения, представления, формализации и
систематизации, а также автоматической обработки. Онтология важна, поскольку является
исходной основой для внедрения поисковой системы, основанной на семантических
отношениях между информацией.
Ключевые слова:
онтология, RDF, XML, OWL, спецификация, концептуализация,
искусственный интеллект, семантическая сеть.
Xorijda bilimlar bazasini ontologik modellarda ifodalash [Dang, J., Hedayati, A., Hampel,
K., Toklu, C., 2008: 2], [Galárraga, L., Teflioudi, C., Hose, K., Suchanek, F. M. 2015: 3], [Janik,
M., Kochut, K.J. 2008: 4], [Aminu, E.F., Oyefolahan, I. O., Abdullahi, M.B., Salaudeen, M.T.
2020: 5] bo‘yicha tadqiqotlar talaygina. Intellektual tizimlarning o‘ziga xos xususiyati - muayyan
«
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI - CTCL.2023
»
mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman
www.myscience.uz
251 |
fan sohasidagi muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlarning mavjudligi. Bilim
ma’lumotlarga qaraganda, murakkabroq ma’lumot kategoriyasidir. Bilim nafaqat individual
faktlarni, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarni ham tasvirlaydi, shuning uchun bilim ba’zan
tuzilgan ma‘lumotlar deb ataladi. Bilimlarni empirik ma’lumotlarni qayta ishlash orqali olish
mumkin. Ular shaxsning amaliy faoliyati natijasida orttirilgan tajribasini umumlashtirishga
qaratilgan aqliy faoliyati natijasini ifodalaydi [A. A. Sharipbay, A. S. Mukanova, R.S. Niyazova,
B.SH. Razakhova, A. S. Omarbekova, N. Z. Abdurakhmonova: 6]. Ontologiya bilimlarni
boshqarishning murakkab usuli hisoblanadi. Ontologiyalarni loyihalashda shartli ravishda ikkita
yo‘nalishni ajratish mumkin, ular ma’lum vaqtgacha alohida ishlab chiqilgan. Birinchisi,
ontologiyani matematik jihatdan aniq aksiomalarga asoslangan rasmiy tizim sifatida ifodalash
bilan bog‘liq. Ikkinchi yo‘nalish hisoblash tilshunosligi va kognitiv fan doirasida ishlab chiqilgan.
U yerda ontologiya deganda, faqat inson ongida mavjud boʻlgan, tabiiy tilda (yoki boshqa belgilar
tizimi orqali) ifodalanishi mumkin boʻlgan mavhum tushunchalar tizimi tushunilgan. Shu bilan
birga, odatda, bunday tizimning aniqligi yoki izchilligi haqida hech qanday taxminlar qilinmaydi.
Shunday qilib, ontologiyalarni yaratish va tadqiq qilishning ikkita muqobil yondashuvi
mavjud. Birinchisi (rasmiy) mantiqqa asoslanadi (birinchi tartibli predikatlar, tavsiflovchi, modal
va boshqalar). Ikkinchisi (lingvistik) tabiiy tilni (xususan, semantikani) o‘rganishga va korpus deb
ataladigan katta matn massivlarida ontologiyalarni qurishga asoslangan [A.A. Sharipbay, A. S.
Mukanova, R.S. Niyazova, B.SH. Razakhova, A. S. Omarbekova, N. Z. Abdurakhmonova: 6].
Ontologiyani ishlab chiqish jarayoni 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
1.
Spetsifikatsiya - ontologiyalarni yaratish maqsadlariga, uning maqsadli qo‘llanilishiga va
potensial foydalanuvchilarga bo‘ysunadi. Ma’lumotlar bazasiga kiritilgan elementlar
ro‘yxatini o‘z ichiga olgan loyiha shakli, dizayni deyish mumkin.
2.
Konseptualizatsiya
-
aniq
modelda
fan bilimlarini tuzilishini ta’minlaydi.
Konseptualizatsiya – tushunchalar to‘plamini aniqlash jarayonini belgilab beruvchi yo‘l
demakdir.
3.
Rasmiylashtirish - Rasmiylashtirish bu formallashtirishdir. Obyekt yoki hodisaning
mohiyatini ko‘rsatishda belgilangan shartlarni qayta ishlash jarayoni. Tanlangan dastur
tilida ba’zi bir algoritm yordamida ma’lum modelni yaratish bosqichi.
4.
Amalga oshirish - amalga oshirish bosqichida ontologiyaga mos keladigan va bilimlarni
ifodalash tillaridan birida ontologiya modeli yaratiladi.
Konseptualizatsiya ikki bosqichni o‘z ichiga oladi, ular doirasida muammolar hal qilinadi
[Назаров Д.А. 2003: 7]:
1)
atamalar lug‘atini yaratish;
2)
konseptlarning tasniflash iyerarxiyalarini qurish.
Konseptualizatsiyaning tabiati uning qanday paydo bo‘lganiga yoki qanday yaratilganiga
bog‘liq. Konseptualizatsiya – bu o‘z tajribasidan tegishli ma’lumotlarni olish va umumlashtirishga
olib keladigan jarayon. Konseptualizatsiya – bu muayyan ma’lumotlarning o‘zi va muayyan
vaziyatlardan, vakillik tillaridan mustaqildir. Ikkinchi operatsiya spetsifikatsiya, chunki
ontologiya vakillik tilida konseptual izlanishni belgilaydi. Murakkablik va aniqlik darajasidan
tashqari, hal qiluvchi narsa shundaki, ontologiyalar kontseptualizatsiyaning tilga bog‘liq
spetsifikatsiyalari sifatida, muloqotning asosi bo‘lib, umumiy tushuncha o‘rnatiladigan
ko‘prikdir[
Huang C.R., Calzolari N., Gangemi A., Lenci A., Oltramari A. 2010
: 8].
|