|
«
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI - CTCL.2023Bog'liq BILIMLAR BAZASINI ONTOLOGIK MODELLARDA IFODALASH«
KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI - CTCL.2023
»
mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman
www.myscience.uz
252 |
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan eng mashhur OWL va RDF muharriri Protégé texnologiyasi
hisoblanadi. Muharrirni dastur veb-saytidan bepul yuklab olish mumkin. Dastur Java tilida amalga
oshiriladi va shuning uchun Java dasturini oldindan dasturchi kompyuteriga o‘rnatish talab etiladi.
Odatda, Java mashinasi Protégé bilan birga foydalanuvchi kompyuteriga o‘rnatilishining bir qismi
sifatida qaraladi. Protégé OWL ontologiyalarini yaratish uchun qulay muharrir bo‘lib, uning
imkoniyatlari ham bir qadar kengroq.
Bilamizki,
World
Wide
Web
– bu online tizim orqali kirish mumkin
bo‘lgan giperbog‘langan hujjatlar tizimi. Bu oddiy hujjatdan farq qiladi, chunki u nafaqat matnni,
balki boshqa ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin: rasmlar, musiqa va video fayllar va
boshqalar. Bunday hujjatlarni maxsus dasturlar yordamida ko‘rish mumkin. Olimlarning
fikrlariga ko‘ra, World Wide Webning vorisi sifatida sun’iy intellekt yoki semantik veb deya
e’tirof etilmoqda. Semantik veb butunjahon online tarmoq tizimining avlodi bo‘lib,
yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida ma’lumotlar bazasi semantikasi tavsiflarini taqdim eta olish
imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bunday tavsiflar nafaqat foydalanuvchilar uchun balki, dasturiy
ta’minot uchun ham tushunarli bo‘ladi. Aqlli tizimlar tomonidan ma’lumotlar bazasi mazmunini
tushunish online tizimda ma’lumotni aniqroq qidirish imkonini beradi, qolaversa, bu
ma’lumotlarni avtomatik tarzda tartibga solish hamda boshqa dasturiy ta’minotlar bilan
almashinish imkonini beradi.
Veb-ma’lumotlar semantikasini tavsiflash uchun RDF (Resurs tavsifi ramkasi) tilidan
foydalaniladi. Bu til vebhujjatlarning resurslarini tavsiflash uchun mo‘ljallangan, ammo bu to‘liq
ontologiyalarni ifodalash uchun yetarli emas. Shu sababli, Web ontologiyasini tavsiflash uchun
maxsus til, OWL tili ham taklif qilindi. Ushbu til RDF tiliga mos keladi, ya’ni har bir OWL hujjati
ham RDF hujjatidir. RDF XML sintaksisi asosida qurilgan bo‘lib, u Internetda ma’lumotlar
almashinuvi uchun standart sifatida ishlatiladi. Shuning uchun har bir OWL hujjati ham haqiqiy
XML hujjatidir[Eshonqulov H. 2022: 9]. XML tilining asosiy elementi bu
teglar
deb nomlanuvchi
hujjatni belgilash uchun bevosita foydalaniladigan belgilar ketma-ketligi hisoblanadi. Teg
burchakli qavs ichiga olingan nomdir, masalan: . Boshlang‘ich va yakunlovchi teglar bir
xil nom bilan nomlanadi, biroq ular urtasidagi farq yakunlovchi tegning burchak qavs ichida nom
oldidan belgi qo‘yish orqali farqlanadi. Dastlab XML hujjatlarni belgilash uchun
yaratilgan edi, biroq hozirda bu tildan boshqa tarzda foydalaniladi. XML ma’lumotlari hozirda bir
kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning matnli ko‘rinishi sifatida
keng qo‘llanilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, agar ilgari XML kompyuterlar uchun tushunarli
bo‘lgan hujjatlarni belgilash uchun ishlatilgan bo‘lsa, hozirda XML allaqachon tuzilgan
ma’lumotlarni ketma-ket (matn) shaklga aylantirish uchun ishlatiladi.
OWL veb-ontologiya tili shunchaki ma’lumot berib qolmasdan, ma’lumotlar mazmunini
qayta ishlashga muhtoj bo‘lgan ilovalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. OWL XML, RDF
tillaridan ko‘ra mashina talqinini osonlashtiradi. RDF (Resource Description Framework) bu
online tizimda joylashgan ma’lumotlarni tavsiflash imkonini beruvchi tildir. RDF tavsif tili bo‘lish
bilan birgalikda shu tilda yozilgan ma’lumotlarni to‘liq o‘qish va almashtirishni ta’minlaydigan
turli xil qo‘shimcha dasturiy modellar ma’nosida ham qo‘llaniladi.
|
| |