6-amaliy ish.
Mavzu: “Operatsiya-operand” xisoblashlar modelini o‘rganish
Topshiriq.
Har bir talaba hemisdagi tartib raqami bo‘yicha
berilgan
matematik ifodani olib, qiymatini chiqaruvchi dastur kodini yozadi. C++ dasturlash
tilidan boshqa har qanday dasturlash tilidan foydalanish mumkin. Ishlanayotgan
jarayonda har kim o‘zining ism familiyasini yozishi shart!
7-amaliy ish.
Mavzu: Virtual yadroli protsessor(NT) ish tartibini o‘rganish
Topshiriq.
Har bir talaba Hyper-V virtual mashinasidan foydalangan holda,
Windows operatsion (10, 11) tizimini yuklashi kerak.
Yuklash jarayonlari
skrinshotlari keltirilishi va polzovatel nomida har kim o‘zining ismi va familiyasini
yozib ustanovka qilish talab qilinadi. Skrinshotlarning ostida izohi albatta bo‘lishi
zarur. Hamma o‘zi bajarishi kerak!
8-amaliy ish.
Mavzu: Neyrokompyuterlarni ishlash algoritmlari.
Topshiriq.
Har bir talaba mashinali o‘qitishning kichik dasturidan
foydalangan holda, o‘zi va guruhda topshiriq berilgan talaba soniga nisbatan rasmlar
foizini hisoblaydigan, amaliyot bajarishi zarur. Skrinshotlar ketma-ketligida albatta
izohlar bo‘lishi va har kim o‘zi bajarishi kerak!
9-amaliy ish.
Mavzu: Neyrokompyuterlarda yechiladigan masalalar.
Topshiriq.
Har bir talaba Python dasturlash tilini kompyuteriga o‘rnatish
jarayonini, dastur o‘rnaganidan so‘ng OpenCV kutubxonasini o‘rnatish ketma-
ketligini va berilgan OpenCV faylining ichidagi face2.py faylini ochib, yuzni
to‘rtburchakka belgilangan holatigacha skrinshotlar va izohlar bilan yozishi kerak
bo‘ladi. foydalangan holda, o‘zi va guruhda topshiriq berilgan talaba soniga nisbatan
rasmlar foizini hisoblaydigan, amaliyot bajarishi zarur. Skrinshotlar ketma-ketligida
albatta izohlar bo‘lishi va har kim o‘zi bajarishi kerak!
10-amaliy ish
Mavzu: OpenMP paket tarkibini va ishlashini o‘rganish
Topshiriq.
Har bir talaba Virtual mashinaga
Linux operatsion tizimini
o‘rnatib unga OpenMPI ni o‘rnatish jarayonini skrinshotlar bilan hisobot
tayyorlaydi.
Terminalni oching: Linux tizimi ustida terminal oching.
Bu sizning
kompyuteringizdagi komanda qatoriga o'tish imkonini beradi.
Paketlar katalogini yangilang: O'zingizning Linux distributiviga mos keladigan
paketlar katalogini yangilab, yangilashlar ro'yxatini o'zingizning distributivingizga
mos ravishda o'rnatishingiz kerak. Ubuntu distributivi uchun:
sudo apt-get update
Bu buyruq paketlar katalogini yangilaydi.
OpenMPI ni o'rnatish: Quyidagi buyruq orqali OpenMPI paketini o'rnatishingiz
mumkin:
sudo apt-get install openmpi-bin
Bu buyruq OpenMPI dasturini o'rnatadi.
Tekshirish: O'rnatilgan dasturni tekshirish uchun
quyidagi buyruqni ishga
tushirishingiz mumkin:
mpicc --version
Bu buyruq OpenMPI versiyasini ko'rsatadi.
Agar versiya ko'rsatilganda, demak OpenMPI muvaffaqiyatli o'rnatilgan.