|
Devor halqalari va tayanch halqalari
|
bet | 8/8 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,74 Mb. | | #260663 |
Bog'liq HISOBOT NAMUNA (2) XUSNIDDINAKA20.Devor halqalari va tayanch halqalari
1; 1,5; 2m diametrli temir-beton devor halqalari va tayanch halqalari vodoprovod hamda kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatuv quduqlari uchun mo‘ljallangan. 3.900 tizimining chizmalariga binoan tayyorlanadi.
Beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha esa V15 (M-200); V22,5 (M-300).
21.Tagliklar va oraliq plitalar
Temir-beton 1; 1,5; 2 metrlik taglik va oraliq plitalari vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatuv quduqlari uchun mo‘ljallangan. Tagliklar 3.900 tizimining chizmalariga binoan tayyorlanadi. Beton mustahkamligining sinflanishi bo‘yicha esa V15 (M-200).
22.Yo‘l chekkasi uchun toshlar
Yo‘l chekkalari uchun temir-beton bordyur toshlari avtomobil yo‘llarining qatnov qismiga ham, yo‘lak(trotuar)larga ham, turar joy hamda jamoat binolarini obodonlashtirishga ham mo‘ljallab chiqariladi.
23.Sokol bloklari
Sokol bloklari yerto‘lalarning devorlari hamda texnik pol ostlari, binolarning poydevorlariga mo‘ljallangan. Ular O’zDST 778-97 bo‘yicha tayyorlanadi.
24. Tovar beton
Tovar beton – sanoat miqyoslarida ishlab chiqariladigan beton aralashma bo‘lib, ishlatishga tayyor bo‘ladi va bevosita qurilish ob’ektlariga yetkazib beriladi.
Zavodda betonning belgilab berilgan hossalariga erishishi uchun uning retsepturasiga maksimal darajada amal qilinishi ta’minlangan. Texnologik jarayonning akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan nazorat qilinishi tufayli oxir-oqibat GOSTning barcha talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqariladi.
|
| |